Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda ğalaba qozona olmaydi, deydi NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg. U 24 avgust, çorşanba kuni Ukraina Mustaqillik kuniga bağişlangan murojaatida: «Ukraina ğalaba qozonişi kerak, Ukraina ğalaba qozonadi», deya ma’lum qildi. Şimoliy Atlantika alyansi rahbari NATO Kiyevni qança vaqt kerak bölsa, şunça qöllab-quvvatlaydi, dedi.
«Kuçli va mustaqil Ukraina yevroatlantika mintaqasi barqarorligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega», dedi Stoltenberg. Şu bilan birga, yarim yildan beri davom etayotgan Rossiyaning bu mamlakatga bostirib kirişi «Ikkinçi jahon uruşidan beri Yevropa xavfsizligi uçun eng jiddiy inqirozga aylandi», dedi u.
Milliy bayram kuni Şimoliy Atlantika alyansi rahbari Ukrainaga «kuç va muvaffaqiyat» tiladi. Ukraina Qurolli kuçlari va butun ukrain xalqi öz mamlakatini himoya qilişda ulkan jasorat va qat’iyat körsatmoqda, butun dunyoni öz namunasi bilan ilhomlantirmoqda, deya qöşimça qildi u.
Şu kuni prezident Volodimir Zelenskiy ukrainaliklarga videomurojaat bilan çiqdi. «Olti oydan söng ular bizni yöq qilmoqçi bölyapti, ammo biz mustaqil Ukrainaning ozod xalqimiz. Bu bizning kelajagimiz haqidagi haqiqat», - deya ta’kidladi u. Zelenskiyga köra, ukrainaliklar öz mamlakatlari mustaqillik kunini «turli şaroit va vaqtda», biroq ayni paytda «yagona maqsad – mustaqillik va Ukraina ğalabasini saqlab qoliş» bilan nişonlaşmoqda.













