Tavsiyanomaga ega xotin-qizlarga ajratilgan 2000 kvota taqsimoti

Bakalavrning kunduzgi ta’lim şakli böyiça umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan xotin-qizlar uçun 4 foizli qöşimça 2000ta davlat granti tasdiqlangan. Kvotaning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagiça:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi – 111;
  • Andijon – 183;
  • Buxoro – 112;
  • Jizzax – 81;
  • Qaşqadaryo – 193;
  • Navoiy – 60;
  • Namangan – 165;
  • Samarqand – 227;
  • Surxondaryo – 155;
  • Sirdaryo – 50;
  • Toşkent viloyati – 177;
  • Farğona – 221;
  • Xorazm – 110;
  • Toşkent şahri – 155ta grant.

Kvota qaysi ta’lim şakli uçun ajratiladi?

Tavsiyanoma faqat birinçi yönaliş uçun va ta’limning kunduzgi şakliga amal qiladi. Sirtqi, keçki yoki masofaviy uçun imtiyoz qöllanmaydi. Bunda birinçi yönalişga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yönaliş uçun sirtqi, keçki, masofaviy ta’limni tanlaş mumkin.

Tavsiyanomali xotin-qizlar ballari qanday hisoblanadi?

Tavsiyanoma olgani budjet asosida öqişga kirişni yoki ball qöşib berilişni anglatmaydi. Avvalo yuqoriroq ball töplaşga harakat qiliş kerak. Xöş, kimdan yuqori ball töplaş kerak?

Tavsiyanomali abituriyent doimiy yaşaş joyi bölgan viloyatdagi şunday abituriyentdan yuqori ball töplaşi kerak. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar özlari topşirgan yönalişdagi abituriyentlar bilan emas, öz viloyatlaridagi tavsiyanoma olgan xotin-qizlar bilan bellaşadi.

Deylik, Namangan viloyatiga jami 60ta kvota ajratilgan bölsa, lekin Namangandan respublika böylab OTMlarga 100 nafar tavsiyanomali xotin-qiz hujjat topşirgan. 100 nafarning eng yuqori ball töplagan 60 nafari imtiyozga ega böladi, qolgani esa boşqa abituriyentlar singari umumiy kvota asosida tanlovda qatnaşaveradi. Bundan taşqari, bu yil 3ta yönalişga ajratilgan kvotalar ham bor.