“Biznes uçun birinçi qadam osonlaştirildi”

Hasan Mamasaidov – Office Market, Deli va Dekos kompaniyalari asosçisi, MFaktor loyihasi muallifi:
— Ötgan yili tadbirkorlar kuni belgilanganidan keyin, bu yil ham an’anaviy tarzda davlat rahbarining tadbirkorlar bilan uçraşuvida qatnaşdik. Samimiy uçraşuv guvohi böldik.
Köp masalalar kun tartibiga qöyildi. Bular içida tadbirkorlik faoliyatining kesimlarga bölingani ayniqsa katta narsa böldi. Çunki mikrobiznes, ya’ni bir milliongaça bölgan aylanmadagi biznes turi yoş tadbirkorlarga, startaperlarga qulay böladi. Kiçik, örta va yuqori bizneslardan köra katta qulayliklar yaratilgani yoş tadbirkorlarning biznesga kirib kelişini yengillaştiradi.
Endi yengillaştirilgan tartibda yoş tadbirkor bir yilda 20 mln sömgaça pul tölab, 6 oylik hisobotni qilmasligi mumkin. Oldin yangi kasblarga oid biznesni yölga qöymoqçi bölganlar – masalan, ayti biznesiga kirmoqçi bölganlarda qörquv bölardi: soliq bobidagi, yoki buxgalteriyaga oid xatolar ularning ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilişiga sabab bölib qolardi. Haqiqatan, 1 mlrd sömgaça aylanmaga ega mikrobiznesni yuritadiganlar uçun biznes yuritiş osonlaştiriladi – buxgalteriya hisobi kabi katta qiyinçiliklar talab qilinmaydigan körinişda olib boriladi. Çunki 1 mlrd söm va undan yuqori aylanmasi bölgan holatlarda QQS tizimiga ötsa, uçyotda hisob-kitob olib boriş qimmat turardi.

Aholining 70 foizi – yoşlar. Yoşlarning birinçi biznesga kirib kelişini osonlaştiriş kelajakda ularning keyingi poğonaga çiqişiga stimul böladi.
QQS 12 foizga ötişi ham tadbirkor, ham iste’molçilarga qulaylik yaratadi, biznesning qoronğilikdan yoruğlikka ötişida öziga xos stimul vazifasini bajaradi.
“Asl islohot – qonun ustuvorligining ta’minlanişi böladi”

Murod Nazarov – “Murad Building” kompaniyasi asosçisi














