Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi Pfizer va BioNTech kompaniyalariga qarşi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, ular Comirnaty vaksinasini yaratişda Moderna özining patentlangan mulki hisoblagan işlanmalardan foydalangan. Kompaniya 26 avgust, juma kuni matbuot bayonotida Massaçusets va Dyusseldorf sudlariga ariza topşirayotganini ma’lum qildi. 

Moderna pozitsiyasiga köra, Amerikaning Pfizer kompaniyasi tomonidan Germaniyaning BioNTech şirkati bilan birgalikda işlab çiqilgan COVID-19’ga qarşi Comirnaty vaksinasi kompaniyaning 2010 va 2016 yillar oraliğida röyxatga olingan, şu jumladan, koronaviruslarni örganiş sohasidagi işlanmalar böyiça mRNK-vaksinalar «fundamental texnologiyasi» böyiça patentlarini buzadi. 

Da’vogarga köra, Pfizer va BioNTech öz vaksinalarini aynan Moderna işlanmalaridan foydalangani tufayli yaratgan, bir qator testlardan söng ularni ataylab boşqa variantlardan afzal körgan - şuning uçun farmatsevtika gigantlarining dueti öz vaksinalarini dunyodagi birinçi vaksina sifatida yaratişga muvaffaq bölgan. Moderna özining COVID-19’ga qarşi Spikevax vaksinasini biroz keyinroq taqdim etdi, ammo u Amerika Qöşma Ştatlarida Comirnaty bilan taqqoslanadigan miqdorda emlaş uçun işlatilgan. 

Moderna 2022 yildagina sudga ariza kiritganini bildirdi, çunki 2020 yil oktabr oyida pandemiya davrida COVID-19’ga qarşi vaksina böyiça işlanmalariga «adolatli global foydalaniş» majburiyatini olgan. Biroq, 2022 yil mart oyida virus tarqalişi bilan boğliq vaziyat özgardi, natijada Moderna işlanmalardan foydalanişga bölgan yondaşuvini qayta körib çiqişga qaror qildi va raqobatçilardan vaksinalarni keyingi işlab çiqariş uçun ulardan foydalanişga tijorat litsenziyasini beriş orqali «öz intellektual huquqlarini hurmat qilişni» söradi.

Şu bilan birga, kompaniya vaksinani past va örta daromadli mamlakatlarda tarqatişni taqiqlamasligini va 2022 yil mart oyi boşigaça Comirnaty kompaniyasi sotilişiga yoki vaksinani sotiş bilan boğliq zararlarga qarşi da’vo qilmasligini ta’kidladi. 

«Biz uşbu da’volarni özimiz işlab çiqqan, milliardlab dollar sarmoya kiritgan va COVID-19 pandemiyasiga qadar patentlangan innovatsion mRNK texnologiya platformasini himoya qiliş uçun keltirmoqdamiz», deb tuşuntirdi Moderna boş direktori Stefan Bansel. Misol tariqasida u kompaniyaning gripp, OIV, yurak-qon tomir kasalliklari va mRNK texnologiya platformasi foydalaniladigan kam uçraydigan saraton kasalliklariga qarşi dori vositalari işlab çiqarilişini keltirdi.