Farmatsevtika kompaniyasi Pfizer semirişga qarşi Danuglipron dori vositasini işlab çiqişni töxtatadi. Bunga klinik sinovlarda iştirok etgan bir bemorda jigar bilan boğliq jiddiy nojöya ta’sirlar aniqlangani sabab bölmoqda.
«Pfizer investorlar katta qiziqiş bilan kuzatayotgan semirişga qarşi dori vositasi ustidagi işlarni töxtatadi. Bu kompaniyaning vazn kamaytiruvçi dori vositalari bozoridagi yetakçilar — Novo Nordisk va Eli Lilly & Co bilan raqobat qiliş harakatlariga jiddiy zarba böladi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, dori vositasini sinovdan oliş qarori bir iştirokçida aniqlangan ehtimoliy jigar şikastlanişlari bilan boğliq. Şu sababli Pfizer dori vositasining sönggi bosqiçdagi sinovlarini ötkazmaydi va öz e’tiborini semirişni erta bosqiçda davolaşga qaratilgan investitsiyalarga yönaltiradi.
Bloomberğning qayd etişiça, Pfizer COVID-19 vaksinasini yaratgaç, semirişga qarşi dorilar bozorida raqobatni özining ustuvor yönalişlaridan biriga aylantirgan. Koronavirusga qarşi vaksina va davo vositalariga talab pasayayotgan bir paytda, vazn yöqotiş vositalari bozori rivojlanişda davom etmoqda va 2030 yilga borib 130 milliard dollarga yetişi kutilyapti.













