Özbekiston Taşqi işlar vazirligida Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalariga bağişlab ötkazilgan brifingda Özbekistonning ŞHT işlari böyiça milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov bölajak sammit kun tartibidagi asosiy masalalar haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Qayd etilişiça, sammit kun tartibiga muvofiq «sakkizlik» davlatlari yetakçilari zamonaviy davlatlararo munosabatlarni çuqur özgartiriş nuqtayi nazaridan ŞHT oldida turgan yangi muammolar va vazifalarni muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşadi.

«Biz Samarqand sammitiga taqdim etiladigan qöşimça hujjatlar röyxati ustida işlaşni davom ettiryapmiz. Sammitning asosiy yakuniy hujjati davlat rahbarlarining Samarqand deklaratsiyasi bölib, unda ŞHT mamlakatlarining mintaqaviy va global muammolarni hal etişga bölgan umumiy yondaşuvlari aks ettiriladi, taşkilotni rivojlantiriş yönalişlari belgilanadi», dedi Rahmatulla Nurimbetov.

Sammitning boşqa muhim hujjatlari qatoriga uzoq muddatli yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi bitimni amalga oşiriş böyiça kompleks reja, özaro boğliqlikni rivojlantiriş va samarali transport yölaklarini yaratiş böyiça hamkorlik konsepsiyasi, sanoat kooperatsiyasini rağbatlantiriş dasturi va «ŞHT yaxşi niyat elçisi» faxriy unvoni töğrisidagi nizom va boşqalar kiradi.

Davlat rahbarlari uçraşuvining muhim nuqtalaridan biri ŞHTni kengaytiriş masalalari böladi. Bölajak sammit doirasida Eronning ŞHTga töliq a’zo bölişiga yöl oçadigan majburiyatlari töğrisida memorandum imzolanişi rejalaştirilgan. Uç mamlakat – Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga ŞHT muloqot böyiça hamkori maqomini beriş töğrisidagi memorandumlar imzolanişi kutilmoqda.

A’zo davlatlar yetakçilari ŞHT muloqot böyiça hamkorlari maqomini oliş uçun Bahrayn va Maldiv orollari arizasini ma’qullaydi. Tegişli qarorlar ŞHT Samarqand sammitida imzolanadi.

Tomonlar Belarusdan töliq a’zolik uçun, boşqa qator mamlakatlarning kuzatuvçi maqomi va muloqot şerigi maqomini oliş uçun arizalarini körib çiqmoqda. 

Sammit hujjatlari yakuniy röyxati ŞHT davlat rahbarlari uçraşuvi arafasida Samarqand şahrida bölib ötadigan milliy koordinatorlar kengaşi tomonidan kelişiladi.