Marketing tahlili va bankning uzoq yillik strategiyasi asosida işlab çiqilgan rebrending xizmatlarining sifati va ommabopligini oşiriş, mijozlarga har qaçongidan köproq qulayliklar yaratiş, bank xizmatlari foydalalanuvçilariga yanada qulay va yaqinroq bölişni közda tutadi.

26 avgust kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida bölib ötgan rebrending tadbirida “Mikrokreditbank” boşqaruvi raisi Orif Bötayev sözga çiqib, unda transformatsiya jarayonlarini yanada jadallaştiriş, raqamli bank texnologiyalarini joriy etiş, bu orqali bank xizmatlarining sifati va ommabopligini oşirişga qaratilgan rejalar haqida yiğilganlarga axborot berdi.

Tadbir davomida Mikrokreditbankning şu kunga qadar bosib ötgan yöli, amalga oşirilgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şu bilan birga, kelgusida bank faoliyatida kutilayotgan özgarişlar, aholiga taqdim etilayotgan yangi turdagi xizmatlar, uni Özbekistondagi eng ilğor banklardan biriga aylantiriş yölidagi strategik ğoya ham rejalar bilan bölişildi.

Bundan taşqari, tantanali tadbirda BRANDBOOK va Manifest promo-roliklari namoyiş etildi. Şu kuni bank sayti ham yangilagan körinişda işga tuşirildi.
Ta’kidlanişiça, yangi logotipdagi “M” harfi bu “Mikrokreditbank”ni; yaşil rangdagi belgi töğri tanlov, barqarorlik, birlik, muvaffaqiyatni; ikkita kök ustunlar poydevor, mustahkam işonçni bildiradi.












