Kun.uz manbasi xabar berişiça, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi naşrida işlovçi xodimlarga iyun oyidan buyon maoş berilmayapti.
«Oylab maoş berilmasligi birinçi marta emas. Bahorda ham oylik ololmaganmiz. Masalan, fevral va mart oylarining maoşi ham berilmagan. Navröz bayrami munosabati bilan 500 ming sömdan bayram puli berildi.
May oyida aprel oyida işlagan davrimiz uçun iş haqimizni ololdik. Örtadagi ikki oylik pulimizni muassisimiz bölgan «Milliy tiklaniş» partiyasi ötkazib bergandi. Iyun oyida avans va kasb bayramimiz munosabati bilan ozroq mukofot puli olganmiz, u nima ham bölardi. Hademay maktablarda öqiş boşlanadi, hali bolalarimizga kiyim, öquv qurollari sotib olganimiz yöq», dedi ismi sir saqlanişini söragan manba.

«Uç oydan beri oylik berilmayotgani yolğon. Bir oydan beri oylik berolmayapmiz. Gazetamiz 10 ming nusxada çop etiladi. Xarajatlarimiz juda katta. Tarqatiş, tipografiya xarajatlari bor. Tarqatilayotgan 10 ming tiraj uçun partiya pul beradi.
Şu paytgaça 500 million söm pul berdi. Ikkinçi yarim yillikka partiya yana 500 million söm berişi kerak. Bir hafta-ön kunça oldin «Ispolkom»da şu masala körildi, çunki partiya özi «Ispolkom» yiğilişisiz pul berolmaydi, «Ispolkom» qarori bilan tahririyat xarajatlariga mablağ ajratiladigan böldi.
Tahririyat xarajatlari 100 foiz partiya tomonidan qoplanmaydi. Tahririyatning obunadan, reklamadan tuşadigan mablağlari bor. Xarajatlarimizning 50 foizini partiya qoplab beradi, Alişer Qodirov şunday taşabbus bilan çiqqan. Bir paytlar bu judayam zararga işlagan gazeta bölgan. Men kelganimdan keyin 5-6 oy içida xodimlardan 500 million sömdan ortiq qarzlarni uzganman. Gazetani 10 ming tirajga olib çiqdim. Notöğri hisob-kitob qilganim uçun hozirgi muammolar, iş haqidan, tipografiyadan qarzlar yuzaga keldi. Menda heç qaçon bunday holat bölmagan ilgari. Yaqinda koviddan davolanib çiqdim. Undan oldin boşimga ança taşvişlar tuşdi, şifoxonada davolanib çiqdim. Şu jarayonda gazetaning faqat ijodiy jarayoniga aralaşa oldim-u, iqtisodiy masalalarni hal qila olmadim. Şu uçun mana şu muammolar yuzaga keldi, bitta mening aybim bilan bölyapti hammasi













