Toşkent viloyati IIBB Kun.uz saytida Quyi Çirçiqdagi qotillik röy berişida profilaktika inspektorining beparvoligi ham sabab bölişi mumkinligi töğrisida çiqqan materialga munosabat bildirdi.

«Huquqiy jihatdan ayni vaqtda (holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari ötkazilayotgan vaqt) voqea yuzasidan biror şaxsni ayblaş, daxldorlikni e’lon qiliş amaldagi qonunçilikka zid.

Ötkazilayotgan tergov harakatlari va xizmat tekşiruvi xulosasiga köra voqeaga daxldor har bir şaxsning (IIB xodimining ham) harakatlariga huquqiy baho beriladi va aybdorlik darajasidan kelib çiqib ta’sir çorasi köriladi. Iş tugatilgaç natijasi yuzasidan jamoatçilik va OAV vakillariga axborot taqdim qilinadi», — deyiladi munosabatda.

Qayd etilişiça, 27 avgust kuni şu iş mahallada, jamoatçilik örtasida muhokama qilinib, jinoyatning salbiy oqibatlari, şu kabi holatlarda beparvo bölmaslik, jinoyatni keltirib çiqarayotgan omillar haqida aholiga tuşuntiriş taşkil qilingan. Tafsilotga köra, 24 avgust kuni soat 19:00 larda ayol IIB ga murojaat qilib, eri u bilan janjallaşib, sms xabarlarni köriş maqsadida telefonini tortib olganini ma’lum qilgan.

Foto: Toşkent viloyati IIBB matbuot xizmati

Profilaktika inspektori murojaatga asosan yetib kelgan va ayol (marhuma)dan otasi iştirokida ariza qabul qilib, uning eri S.X.ni qidirişga kirişib, yaşaş manzili, qarindoş va yaqinlari xonadonlarida bölib suriştiruv olib borgan. Şu jarayonda oradan bir neça soat ötib, tongga yaqin, yuqorida qayd etilgan jinoyat sodir bölgan. Voqeada gumonlanuvçi fuqaro S.X. uşlanib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoq faollaridan, hozirda holat yuzasidan biror kimga ayblov qöyişga şoşilmaslikni söraymiz. Toşkent viloyati IIBB jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan har qanday tazyiq, zöravonlikka nisbatan keskin va murosasizligini ma’lum qilamiz», deya ta’kidlanadi munosabatda.

Holat töliq, qonuniy tahlil qilinib, yakunida har bir xodimning va boşqa voqea iştirokçilari (gumonlanuvçi) harakatlariga huquqiy baho berilişi ma’lum qilingan.

  • Eslatib ötamiz, Quyi Çirçiq tumanida er 24 avgust kuni raşk sabab xotinini xususiy uy boğçasidagi bolalar köz öngida böğib, urgani aks etgan videolavha internetda tarqalgandi. Keyingi kuni u uç oydan buyon otasinikida yaşayotgan ayolni öldirgani ma’lum böldi. Gumonlanuvçi qölga olingan, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.