24 avgust kuni —  Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga yarim yil tölganida The Washington Post gazetasi Ukraina armiyasi rossiyaliklar uruşning ilk haftalarida Kiyevni egallab olişiga qanday tösqinlik qilgani va oxir-oqibat ularni poytaxt atrofidan çekinişga majbur qilgani haqida katta matn e’lon qildi. Bu material 100 dan ortiq intervyu asosida tayyorlangan. «Meduza» uning asosiy va qiziq joylarini keltirdi.

Uruşdan oldin ukrain harbiylari Kiyevda ikki qavatli mudofaa çiziği taşkil etgan

The Washington Post naşri yozişiça, bosqin arafasida ukrain harbiylari Kiyevni himoya qiliş çoralarini körgan. Ukraina quruqlik qöşinlari qömondoni, poytaxt mudofaasiga rahbarlik qilgan general-polkovnik Oleksandr Sirskiy Rossiyaning keng kölamli bosqinini tasavvur qilamaganini tan oladi, ammo u ehtimoliy ssenariylardan biri sifatida şunga tayyorlangan.

Sirskiy şaharning ikkita mudofaa çiziğini taşkil etgan — Kiyevni öqlar yomğirida qoldirmaslik uçun şahar içkarisida va uning atrofidagi hududlarda. Uruş boşlanişiga bir hafta borligida ukrain harbiylarining qömondonlik punktlari rossiyalik bostirib kelişi mumkin bölgan yönalişlarga köçirilgan, aviatsiya esa Rossiya zarbalari uçun yaqqol nişon böladigan yirik bazalardan olib ketilgan. Artilleriya ham şahar taşqarisidagi mudofaa pozitsiyasiga ötkazilgan, bu esa, Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, ularni uruşning ilk soatlaridagi zarbalar paytida yakson bölişdan asragan.

Şu bilan birga, The Washington Post maqolasida aytilişiça,  Kiyev himoyaçilari tank tuzilmalari yetişmovçiligidan aziyat çekkan. Sirskiy buni öquv markazlaridagi artilleriya qurollari, jumladan sovetlar davriga mansub «Pion» rusumli öziyurar zambaraklar hisobiga kompensatsiya qilişga uringan.

Şu kabi çoralar Çernihiv oblastida ham körilgan, bu hudud orqali Rossiya Kiyevga şimoli-şarqdan yuriş qilgandi. Bu yerda 1-alohida tank brigadasi qömondoni polkovnik Leonid Xoda bosqindan oldinroq bazalardagi öq-dorilar, yonilği va qurol-aslahalarni olib ketgandi, şuningdek, harbiy xizmatçilarni hududlar böylab taqsimlab çiqqandi.

The Washington Post naşri qayd etişiça, Ğarb mamlakatlari ukrainlarning uruşga tayyorgarlik körişi jarayonidan yetarli darajada xabardor qilinmagan, bu esa, jurnalistlar fikriça, Ukraina tajovuzga qarşi tura olişiga işonçsizlik kuzatilişiga olib kelgan. Şu bilan birga, ukrain rasmiylari bunday şubhalar tufayli Ğarb mamlakatlari uruş boşida zarur qurollar yetkazib berişda sustkaşlik qilişiga sabab bölişini tuşunişgan.