AQŞning ikkita harbiy kemasi xalqaro suvlar orqali Tayvan böğoziga kirdi. AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi 28 avgust, yakşanba kuni CNN’ga bergan intervyusida bu harakat «uzoqdan rejalaştirilgani»ni va AQŞning Xitoy-Tayvan mojarosi hamda erkin va oçiq Hind-Tinç okeaniga intiliş siyosatiga mos kelişini bildirdi.
AQŞ harbiy-dengiz kuçlari operatsiyani tasdiqladi va unda Chancellorsville hamda Antietam kreyserlari iştirok etganini ma’lum qildi. «Uşbu kemalar böğozdan har qanday sohilböyi davlatning hududiy suvlaridan taşqaridagi yölak böylab ötgan», - dedi ular va bu xalqaro huquqqa zid emasligini ta’kidladilar.
Bunday harakatlar odatda 8 soatdan 12 soatgaça davom etadi va xitoylik harbiylarning yaqin nazorati ostida amalga oşiriladi, deya qayd etadi Reuters. Sönggi yillarda ular AQŞ, şuningdek, Buyuk Britaniya va Kanadaning harbiy kemalari tomonidan amalga oşirildi. Bu AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi avgust oyi boşida Tayvanga taşrif buyurganidan keyin Tayvan böğoziga kirgan birinçi AQŞ harbiy kemasi böldi.
Bir kunlik taşrif doirasida Pelosi Tayvan apparati rahbari Tsay Inven bilan uçraşdi va mahalliy parlamentga taşrif buyurdi. U 25 yil içida Tayvanga taşrif buyurgan AQŞ Kongressi quyi palatasining birinçi spikeri böldi. Uning sözlariga köra, taşrifdan közlangan maqsadlardan biri - «dunyoga Tayvan xalqining muvaffaqiyati, öz mamlakatini özgartirişdagi jasoratini körsatiş» bölgan. Tayvanni öz hududi deb hisoblagan Xitoy rasmiylari Pelosining orolga taşrifidan oldin ham keskin tanqid qilgan. XXR orol bilan savdo-sotiqni qisman töxtatib, Tayvan böğozida harbiy maşğulotlar ötkazdi. AQŞ Tayvan mustaqilligini rasman tan olmaydi, lekin Xitoyning orolni kuç bilan annexia qiliş tahdidiga qarşi çiqyapti.












