Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan 2021 yil iyul oyida Qaşqadaryo viloyatida örganiş ötkazilgan.
Örganiş natijalari böyiça 10 ta tibbiyot muassasasi tomonidan 75 dona jami 7,8 mlrd sömlik tibbiy uskunalar Qarşi şahridagi “D.M.” MÇJdan şartnoma asosida juda qimmat narxlarda budjet mablağlari hisobiga sotib olingani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan töplangan materiallar Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga yuborilgan.
Departament viloyat boşqarmasi tomonidan tibbiy uskunalar asl narxidan 3,1 mlrd sömga qimmat narxlarda sotib olingani holati böyiça 2021 yil 16 dekabr kuni “D.M.” MÇJ rahbari va Qaşqadaryodagi 10 ta tibbiyot muassasasi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi doirasida 10 ta tibbiyot muassasasi 11 nafar mansabdor şaxslari hamda “D.M.” MÇJ rahbari jinoyat işlari böyiça Qarşi tumani sudining 4 avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan jinoiy jazo çoralari belgilandi.
Şuningdek, ular 1 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum etildi.












