Xitoy bilan ziddiyat kuçaygan bir paytda AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tayvanga 1,1 milliard dollarlik qurol-yaroğ yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Taypeyga 60 ta kemaga qarşi raketalar va 100 ta «havo-havo» sinfidagi raketalar yetkazib beriş töğrisidagi qonun loyihasi körib çiqiş uçun Kongressga kiritiladi, deb xabar berdi Politico 29 avgust, duşanba kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Pekin bilan munosabatlarning yanada keskinlaşuviga olib kelmaslik uçun Taypeyga harbiy yordamni kuçaytirişga emas, balki Tayvanning mudofaa qobiliyatini saqlab qoliş va allaqaçon imzolangan şartnomalarni amalga oşirişga urğu beriladi. Bayden ma’muriyati hozirça bu xabarga izoh bermadi.
Avgust oyi boşida Xitoy AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifiga javob qaytarib, orol yaqinida yirik harbiy maşğulotlar ötkazdi. Qöşma Ştatlar bunga javoban ikkita kreyser (tezyurar katta harbiy kema)ni Tayvan böğozi orqali olib ötdi. Pekin Tayvanni Xitoyning isyonkor provinsiyasi deb hisoblaydi, u bilan rasmiy aloqalarga keskin qarşilik qiladi va kerak bölsa, uni öz nazoratiga qaytariş bilan tahdid qiladi.












