Ularga köra, avtomobilga qulf ilib ketilib, ma’lum bir kartaga pul taşlansa, kod aytilişi va qulf oçilişi, şu orqali pul olinayotgani aytilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, uşbu harakatlarni sodir etganlikda gumondor 29 yoşli M.A. uşlandi. Xolislar iştirokida uning yonidan ikki dona kodli qulflar topilib, aşyoviy dalil sifatida olingan.

IIBB xabariga köra, suhbat davomida u internetda şunday “pul işlaş” usulini körib, undan foydalanişga qaror qilganini aytgan. 

Rejaga köra, u qulfni avtomaşina eşigi uşlagiçiga osib, haydovçiga qulfni oçiş uçun kod raqamini sotib oliş taklifi yozilgan xat qoldirgan. Körsatilgan hisob raqamiga pul mablağlari kelib tuşgandan söng, qulf kodini yuborişi kerak bölgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani, uning natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi aytilgan.