Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Turizm va madaniy meros vazirligi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Vazirlik asosiy vazifalari:

  • turizm turlarini köpaytiriş, içki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, işbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantiriş, taşqi va içki turizmni har tomonlama kengaytiriş, yangi turizm yönalişlarini işlab çiqiş;
  • turizm xizmatlari taşqi va içki bozorlarida marketingini olib boriş, mamlakat turizm imijini yanada rivojlantiriş, mamlakat turizm salohiyatini ommalaştiriş va tarğib qiliş;
  • turizm infratuzilmasini şakllantiriş, turizm obektlarini joylaştiriş uçun salohiyatli hududlarda rejalaştiriş va loyihalaştiriş işlarini taşkil etiş, ularga investorlarni jalb qiliş, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oşişiga har tomonlama kömaklaşiş;
  • turizm va moddiy madaniy meros sohalari uçun kadrlar tayyorlaş böyiça takliflar kiritiş, turizm faoliyati va moddiy madaniy meros sub’yektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni yuqori sifatli darajada taşkil etiş;
  • turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib boriş maqsadida turizmni rivojlantiriş yaxlit konsepsiyasini şakllantiriş va amalga oşirişni ta’minlaş;
  • turizm istiqbolli yönalişlarini belgilaş, yangi turizm mahsulotlarini yaratiş, ularni pasportlaştiriş, turizm sohasidagi yagona reyestrlarni şakllantiriş.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi: vazirlik maqomi, huquqlari va javobgarligi; funksiyalari, faoliyatini taşkil etiş tartibi; vazirlikni moliyalaştiriş tartibi; xodimlari mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş.
 
Quyidagilar tasdiqlandi: Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi töğrisidagi nizom; Özbekiston hududida turistik (mehmonxona) yiğimni undiriş tartibi töğrisidagi nizom.
 
Jamğarma davlat maqsadli jamğarmasi hisoblanadi va Özbekiston konsolidatsiyalaşgan budjeti tarkibiga kiritiladi. Nizom jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari va tuşgan mablağlarni vazirlik tomonidan oçiladigan şaxsiy ğazna hisobvaraqlari va xorijiy valutadagi bank hisobvaraqlarida jamlaş tartibini belgilaydi. Jamğarma mablağlaridan Moliya vazirligi bilan kelişilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qat’iy muvofiq ravişda foydalaniladi.