Ta’lim, sud, tadbirkorlik, tibbiyot, içimlik suvi. Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda keyingi beş yilda şu beşta yönalişga eng köp e’tibor qaratilişini aytdi. Prezident administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov Telegram-kanalida bu borada izoh berdi.

“Keçagi prezident ma’ruzasi nimasi bilan farq qiladi? Undagi masalalar doim aytib kelinardi-ku.

Gap şundaki, yurtimizda muammo köp, uning yeçimi uçun imkoniyat kam. Özimizni qança öqqa-çöqqa urmaylik, çegaralangan imkoniyat bilan masalani oxiriga yetkaza olmaymiz. Işlarimiz natijasi çala-çulpa bölib qolaveradi.

Buning yeçim qanday, degan savolga keça prezident javob berdi.

U 5 ta sohani ustuvor qilib ajratib, hozirgi bor imkoniyat bilan şu 5 ta sohani 5 ga bajaramiz, uning ustiga ötirib olib, yoyilib ketmasdan işlaymiz, demoqçi bölyapti”, – deya tuşuntirdi Allamjonov.

Administratsiya rasmiysi nega aynan şu beşta yönaliş tanlab olinganiga ham töxtaldi.

“Ta’lim rivojlansa, bilimlilar köpayadi. Bilimlilar yurti heç qaçon qoloq bölmaydi.

Biznes ortidan odamlar, jamiyat boy böladi. Kambağallik qisqaradi. Boylari köp yurtda turli sohalar, servis xizmatlar, umuman yaxşi hayotga intiliş kuçayadi va barpo böladi.

Biznesmenlar huquqlarini şaxslar emas, qonun, odil sud himoya qila olsa, ular pulini çetga olib çiqib ketmaydi, çetdan kiradigan investorlar soni ham şunga qarab köpayadi, çunki ularda ham işonç böladi.

Aslida, hamma muammoning yeçimi bu – odil sud. Sud kuçli bölsa, oddiy aytganda ta’limda ham, biznesda ham, meditsinada ham, suvda ham – hamma sohada “bespredel” kam böladi. Hamma özining örnini bilib yuradi.

Ertaga suv qurib qolsa, islohotlar ham köngilga siğmaydi. Hozir suv kamayişi tezlaşgan. Yaqin yillarda ayrim hududlar çölga aylanib, qurğoqçilik kuçayib ketişi xavfi ortib borayapti. Meditsina muhimligini-ku gapirmasa ham böladi. U yerdagi korrupsiya va sifatsiz xizmatga har birimiz doim töqnaş kelamiz.

P.S.: Bir söz bilan aytganda, aynan şu 5 ta sohani 5 ga bajara olişimiz şart”, – deya bayonot berdi Komil Allamjonov.