Toşkent şahri Yakkasaroy tumani Quşbegi dahasida yirik yonğin sodir böldi.
Bugun, 1 sentabr kuni soat 16:26 da Toşkent şahar Yakkasaroy tumani Quşbegi dahasida joylaşgan Yakkasaroy texnoparki hududidagi işlab çiqariş sexi tom va içki qismida taxminan 1000 kvadrat metr maydonda yonğin sodir bölgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 16:31 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 17:29 da yonğin qurşab olingan.
Yonğin joyiga Özbekiston FVV rahbariyati, Toşkent şahar FVB va tuman FV bölimi rahbar xodimlari yetib borgan.
FVV matbuot xizmati qöşimça ma’lumot berişiça, soat 18:07 da yonğin bartaraf etilgan.
Yonğinni bartaraf etişga 11 ta yonğin-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus suv taşişga möljallangan (vodovoz) avtomobil, 1 ta qutqaruv otryadi ekipaji jalb etilgan.
Yonğin oqibatida fuqarolarning tan jarohati oliş va halok böliş holatlari töğrisida xabar kelib tuşmagan.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












