«Firma nomlari töğrisida»gi qonunga muvofiq, firma nomida:
- davlat rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat taşkiloti qisqartirilgan yoki töliq nomi;
- tarixiy yoki Özbekistonda maşhur bölgan şaxs töliq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
- firma nomi egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib çiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molçini çalğitişi mumkin bölgan belgilar;
- jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bölgan belgilar körsatilmasligi kerak.
Firma nomida:
- ilgari Özbekistonda boşqa yuridik şaxs nomiga röyxatdan ötkazilgan yoki röyxatdan ötkaziş sörab talabnoma berilgan, ilgariroq ustuvorlikka ega bölgan firma nomlari;
- ilgari Özbekistonda boşqa şaxs nomiga röyxatdan ötkazilgan yoki röyxatdan ötkaziş sörab talabnoma berilgan, Özbekiston xalqaro şartnomalarga muvofiq röyxatdan ötkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari (xizmat körsatiş belgilari);
- belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari (xizmat körsatiş belgilari);
- belgilangan tartibda qonunçilik bilan muhofaza qilinadigan tovarlar kelib çiqqan joylar nomlari bilan, şunday nomdan foydalaniş huquqiga ega bölgan şaxs nomiga röyxatdan ötkaziş hollari bundan mustasno, adaştirib yuboriş darajasida bir xil yoki ularga öxşaş belgilar ham körsatilmasligi kerak.











