Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda USM holdingiga göyoki aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritişga, şuningdek, Alişer Usmonov yoki uning xayriya jamğarmasiga şerik bölişga yoki undan yordam olişga undaydigan reklama e’lonlari va naşrlar paydo bölmoqda.
Reklamalarning aksariyati Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida joylaştirilgan. Bunday naşrlar köpinça USM saytlari sifatida körsatilgan va göyoki foydalanuvçilarga yuqori daromadli investitsiyalarning turli şakllarini taklif etuvçi firibgar manbalar havolalarini öz içiga oladi.
Qayd etilişiça, USM holdingi va uning aksiyadori Alişer Usmonov jismoniy şaxslar uçun investitsiya loyihalarini işga tuşirmagan va bu mavzuga oid saytlar, naşrlar yoki reklamalarga aloqador emas. Holding ham, uning aksiyadori ham ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylaştirmaydi.
“USM Invest”, “ USM investitsiya akademiyasi”, “ USM investitsiya jamğarmasi”, “ USM platformasi”, “Alişer Usmonovning daromad oşiriş dasturi” va şunga öxşaş yönalişdagi A. Usmonov va USM’ga heç qanday aloqasi bölmagan «loyihalar» firibgarlarning tuzoği hisoblanadi.
Bunday loyihalar, saytlar va reklamalarning barçasi firibgarlar tomonidan foydalanuvçilarni aldaş va ulardan noqonuniy ravişda pul oliş uçun yaratilgan. Şu kabi reklama e’lonlariga duç kelganlardan ularga e’tibor bermaslikni yoki ular e’lon qilingan manbalarga şikoyat jönatişni söraymiz.












