Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Vladimir Norov Misrning mamlakatdagi elçisi Amira Fahmini qabul qildi.

Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş yuzasidan tomonlar birgalikda çoralar körişga tayyorligi ta’kidlandi.

Bölajak tadbirlar jadvali, Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Misr hukumatlararo komissiyasi yiğilişi va ikki mamlakat Taşqi işlar vazirliklari örtasida maslahatlaşuvlar navbatdagi davrasi bilan boğliq masalalar körib çiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş istiqbollari, işbilarmon doiralar bevosita aloqalarini rağbatlantiriş, biznes-forumlarni taşkil etiş, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va boşqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça fikr almaşildi.

Birlaşgan millatlar taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti va Şanhay hamkorlik taşkiloti doirasidagi tomonlar özaro munosabatlariga e’tibor qaratildi. Misr delegatsiyasining Samarqand şahrida bölib ötadigan ŞHT sammitida iştirokiga doir taşkiliy jihatlar muhokama qilindi.