Prezidentning “Milliy musiqa çolğularini ommalaştiriş va işlab çiqariş sohasini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyuşmasi hamda keng jamoatçilikning milliy musiqa çolğularini ilmiy darajada örganiş va ularni takomillaştiriş, “Hunarmand” uyuşmasi sub’yektlari sifatida röyxatdan ötgan sozgar usta-hunarmandlar bilan hamjihatlikda milliy musiqa çolğularini işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan Milliy çolğularni işlab çiqariş sozgarlar şaharçasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
- milliy musiqa çolğularini işlab çiqariş va restavratsiya qiliş bilan şuğullanayotgan “Hunarmand” uyuşmasi sub’yektlari sifatida röyxatdan ötgan usta-hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, “ustoz-şogird” maktablari faoliyatini tubdan takomillaştiriş orqali yoşlarni sohaga keng jalb qiliş;
- respublika hududidagi turistik marşrutga kiritilgan obektlar va bozorlarda milliy çolğular savdosini taşkil qiliş;
- har ikki yilda bir marta bölib ötadigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida milliy musiqa çolğularimizni jahon hamjamiyatida keng tarğib qiliş yuzasidan ilmiy-amaliy konferensiyalar taşkil qiladi.
Toşkent şahar hokimligi bir oy muddatda sozgarlar şaharçasini barpo etiş uçun Toşkent şahridan 2 gektar yer maydoni ajratadi. Sozgarlar şaharçasini barpo etiş böyiça “Binolardan foydalaniş va ularni ekspluatatsiya qiliş direksiyasi” davlat unitar korxonasi buyurtmaçi etib belgilanadi.
Moliya vazirligi 2023 yil 1 fevralga qadar sozgarlar şaharçasini barpo etiş, milliy çolğular muzeyi, “Hunarmand” uyuşmasi sub’yektlari sifatida röyxatdan ötgan 20 ta usta-hunarmandlar har biriga alohida milliy musiqa çolğularini işlab çiqariş uçun zarur böladigan bino-inşootlarni, musiqa çolğularini işlab çiqariş sexlari, quritiş xonalari, ombor xonalari hamda tayyor mahsulotlarni sotiş uçun dökonlar, bundan taşqari “Hunarmand” uyuşmasi sub’yektlari sifatida röyxatdan ötgan usta-hunarmandlar uçun yaşaş xonadonlarini quriş, jihozlaş hamda sozgarlar şaharçasi atrofini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida respublika budjetidan Madaniyat vazirligi budjetdan taşqari jamğarmasiga 65 mlrd söm mablağ ajratilişini ta’minlaydi.
Milliy musiqa çolğularini işlab çiqarişda xomaşyo sifatida işlatiladigan noyob daraxtlar turlarini yetiştiriş uçun Toşkent viloyati Böstonliq tumanidan 10 ga yer maydoni ajratiş nazarda tutiladi.












