Vladimir Putin Rossiya qöşinlariga 15 sentabrga qadar Donetsk oblastining ma’muriy çegaralariga çiqişni buyurgan. «Ukrainskaya pravda»ning yozişiça, bu haqda Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi boş operativ boşqarmasi boşliği örinbosari Oleksiy Gromov ma’lum qildi.
«Duşman Xarkiv, Luhansk, Donetsk, Zaporijjya, Xerson va Mikolayiv oblastlarida bosib olingan rayonlarni uşlab turişda davom etmoqda, şuningdek, qaytadan hujumga ötiş uçun qulay şaroitlar hozirlaşga intilmoqda. Xususan, rossiyalik bosqinçi harbiylar Putinning 15 sentabrgaça Donetsk oblasti ma’muriy çegaralariga çiqiş böyiça buyruğiga muvofiq yana bir bor öz rejalari va harakatlarini muvofiqlaştirmoqda», degan u.
Gromovning sözlariga köra, Ukraina şarqida faol yurişlarni qaytadan boşlaş uçun RF mudofaa vazirligi uçinçi armiya korpusi qöşilmalari va harbiy qismlarini qayta töplaşda davom etmoqda. Korpus 2022 yil yozida Rossiyaning turli regionlaridan yiğilgan köngilli bölinmalardan tarkib topgan.
- Rossiya qöşinlarining Donbassdagi sönggi yirik muvaffaqiyati Severodonetsk — Lisiçansk — Rubejnoye aglomeratsiyasi ustidan nazorat örnatilib, butun Luhansk oblasti egallanişi bölgandi. Bu iyul oyi boşida röy bergandi.













