Mamlakatning Qohiradagi elçisi Mansur Qiliçev mamlakat mustaqilligi 31 yilligi, Özbekiston va Misr örtasida diplomatik munosabatlar örnatilgani 31 yilligi munosabati bilan MENA axborot agentligi muxbiriga intervyu berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Özbekiston elçisi noyabr oyida Şarm aş-Şayx şahrida bölib ötadigan COP-27 iqlim konferensiyasida yuqori darajadagi Özbekiston delegatsiyasi iştirok etişi rejalaştirilayotgani, 15-16 sentabrda Samarqandda bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida Misr delegatsiyasi ham iştirok etişi kutilayotganini bildirgan. Tadbir doirasida Misr ŞHT muloqot böyiça hamkori maqomini olişi kutilmoqda.
Suhbatda Misr va Özbekiston örtasida iqtisodiy hamkorlik böyiça qator hujjatlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik huquqiy asoslari, investitsiyalarni rağbatlantiriş va himoya qiliş töğrisidagi hukumatlararo bitim, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, savdo töğrisidagi bitim mavjudligi qayd etilgan.
Diplomatik missiya rahbari Özbekiston Misrdan farmatsevtika mahsulotlari, sitrus mevalari va yuviş vositalarini import qilayotgani, Misrga töqimaçilik, çorvaçilik mahsulotlari, transport va turizm xizmatlarini eksport qilayotgani haqida sözlab berdi.
Ikki davlat işbilarmonlari örtasida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi aloqalarni rivojlantiriş uçun Özbekiston - Misr işbilarmonlar kengaşini tuziş, taşqi savdo-transport xarajatlarini va yönalişlarini optimallaştiriş maqsadida ikki mamlakat transport vazirliklari örtasida işçi guruh taşkil etiş özaro manfaatlarga xizmat qilişini ta’kidlagan.











