Qirğinlar va minglab insonlar ölimiga sabab bölgan olov. Tarixdagi eng yirik şahar yonğinlari
|15:23 / 04.09.202230 31410 min
Bugungi kunda şaharlardagi aksariyat binolar temir-beton, ğişt va şunga öxşaş olovga çidamli materiallardan barpo qilinadi. Biroq bundan uç asr avval köplab imoratlar yoğoçdan qurilar edi. Çunki toşdan bino tiklaş ança köp vaqt va mablağ talab qilardi. Şaharlardagi kiçik bir alanga ham ulkan yonğinga aylanib ketişi mumkin edi. Va tarixda minglab insonlar ölimiga olib kelgan bir neça şunday yirik yonğin yuz bergan ham.
Xristianlar qirğini boşlanişiga sabab bölgan Rim yonğini
Rim yonğini / Foto:Wikipedia
Rimdagi Katta yonğin imperator Neron davrida, milodiy 64 yilda sodir böladi. Yonğin 18 iyuldan 19 iyulga ötar keçasi Rimdagi «Katta Tsirk»ning janubi-şarqiy tomonida joylaşgan dökonlardan boşlanadi va tun şamoli yordamida tongga qadar şaharning katta qismiga yoyiladi. Rimning bu qismida olovni töxtatişi yoki sekinlaştirişi mumkin bölgan maydonlar va toş ibodatxonalar yöq edi.
Yonğin tez tarqalişi hamda poytaxtning tor köçalarida tiqilib qoliş sabab minglab rimliklar olov içida qolib ketadi va halok böladi.
Dahşatli yonğin olti kun davom etadi va şaharning ön törtta tumanidan törttasi butunlay yonib ketadi, yettitasi esa jiddiy zarar köradi.
Bir qança tarixçi yonğinni imperator Neronning özi uyuştirganini aytadi. Biroq imperator bu paytda şaharda bölmagan, u yoz jaziramasidan saqlaniş uçun dengiz sohili — Antiumga ketgan edi. Tatsitning yozişiça, yonğin haqida eşitgan imperator Neron darhol şaharga qaytgan va odamlarni qutqariş uçun öz hisobidan guruhlar taşkil qilgan.
Rim Katta yonğini ikki yirik voqelikka sabab böldi. Şaharni qayta tiklaş uçun mablağ töplaşni istagan Neron imperiya viloyatlarining soliq yukini oşiradi va pul zarb qilişni köpaytiradi. Bu esa tarixdagi ilk inflatsiyani keltirib çiqaradi.
Neron yonğinni uyuştirişda nasroniylarni aybladi hamda Rim imperiyasidagi nasroniylarni ta’qib qiliş siyosatini boşlab berdi. Minglab xristianlar olovda yoqildi yoki xoçlarga mixlab taşlandi.
Londonni dunyo poytaxtiga aylantirgan yonğin
London yonğini / Foto: Grinviç qirollik muzeyi
Öz tarixida bir neça yirik yonğinlarga guvoh bölgan Londondagi eng katta yonğin 1666 yil yuz bergan. 2 sentabr kuni yarim tunda nonvoylar uyidan boşlangan London yonğini Rimnikidan farqli ravişda tezda öçirilişi mumkin edi.
Alanga keng tarqalmay turib, bu yerga politsiya va öt öçiruvçilar yetib keladi. Ular yonğin tarqalişini töxtatiş uçun olov yölidagi bir qança uyni buzişni taklif qiladi. Biroq uy egalari rad javobini beradi. Şahar meri lord Bladvort esa binolarning köpçiligi ijaraga berilgani, ularning haqiqiy egalari noaniqligi sabab (uy egalarining roziligi olinişi kerak edi) uylarni buzişga ruxsat bermaydi. Natijada olov uylar juda ziç qurilgan London köçalariga tezlik bilan yoyiladi.
Mavzuga oid
Körilgan bir qator keskin çora-tadbirlar, xususan, alanga yölidagi uylar buzib taşlab, öt öçiriş postlari taşkil qilingandan söng 5 sentabr kuni yonğin öçiriladi. Tört kun davom etgan Katta yonğin oqibatida şahardagi ön uç mingdan köproq uy yonib, kul böladi. Rasman olti kişi halok bölgani aytilsa-da, aslida qurbonlar soni mingdan ham köproq edi. Ikki yuz mingga yaqin inson boşpanasiz qoladi.
London yonğini / Foto: Budapeşt tasviriy san’at muzeyi
Katta yonğin yuz bergan vaqtda Ikkinçi Angliya-Gollandiya uruşi ketayotgani sabab, odamlar orasida yonğinni Angliyaning duşmanlari bölgan katolik, fransuz va gollandiyaliklar uyuştirgan degan miş-miş tarqaladi. Oqibatda mamlakatdagi katolik (Angliya aholisining katta qismi bu paytda protestant edi), fransuz va gollandlar ommaviy ravişda «samosud» qilina boşlanadi. Qatllarning oldini oliş va tartibni saqlaş maqsadida London gazetasida çiqarilgan rasmiy ma’lumotda yonğin tasodifan kelib çiqqani e’lon qilinadi. Ma’lumotnomada, jumladan, uşbu olovni boşlaşda Xudoning roli va uni öçirişda qirolning roli ta’riflanadi.
Katta London olovi qançalik dahşatli bölmasin, ijobiy oqibatlarga ham sabab bölgan edi. Xususan, vabo öçoği bölgan şaharning kambağallar yaşovçi qismi butunlay yonib ketadi va London bu epidemiyadan töliq xalos böladi.
Duşman alangasidagi Moskva
Askarlari bilan Moskva yonğinini kuzatayotgan Napoleon I / Foto: Wikipedia
Moskva ham London kabi bir neça yirik yonğinni boşidan ötkazgan. Farqi şundaki, Moskva yonğinlari içki sabablar bilan emas, taşqi duşmanlar qöli bilan boşlangan.
Masalan 1571 yil Qrim xoni Davlat I Girey Rossiyaga yurişi davomida Moskvaga yaqinlaşib, şaharga öt qöyib yuboradi. Katta qismi yoğoç binolardan iborat bölgan Moskva tört soat içida butunlay yonib bitadi. Faqatgina toşdan qurilgan Kremlgina yonğindan omon qoladi.
Biroq Moskva tarixidagi eng katta yonğin bu emas edi. 1812 yil Rossiyaga bostirib kirgan Napoleon I Borodino jangidagi ruslarning asosiy qöşinini mağlubiyatga uçratadi va Moskvani egallaş uçun qulay imkoniyatga ega böladi.
Rossiya qöşinlari qömondoni Mixail Kutuzov Moskvani jangsiz tark etişga qaror qiladi. 14 sentabr erta tongda fransuz qöşinlari qarşiliksiz Moskvaga kirib keladi. Şu kuni tunda şaharda katta yonğin boşlanadi. Şahardagi aksariyat binolar hali ham yoğoçdan qurilgani bois Moskvaning törtdan uç qismi yonib ketadi. Şaharni endigina egallagan fransuzlar olovni öçirişga qodir emas edi.
Yonğin 17 sentabrgaça davom etadi va şu kuni yoğişni boşlagan yomğir uni öçiradi. Yonğin oqibatida ikki mingdan ortiq inson halok böladi.
Fransuzlar va ruslar bir-birini Moskva yonğinini uyuştirişda ayblaydi.
Nyu-York katta yonğini
Nyu-York yonğinidan söng / Foto: History
Yangi dunyoning markazi bölgan Nyu-York şahri öz tarixida uç bor olov içida qolgan. Ulardan eng dahşatlisi bölmiş ikkinçi yonğin 1935 yil 16 dekabr kuni Quyi Manhattan’dagi omborlardan birida kömir peçkasining yonib ketişi natijasida boşlanadi. Kuçli şamol olovni şaharning ön yetti mavzesi böylab tarqatadi. Öt öçiruvçilar asosiy suv manbalari bölgan Şarqiy va Hudson daryolari muzlab qolgani sabab yonğinning tarqalişiga tösqinlik qila olmaydi. Muzni teşib qöyilgan quvurlar ham muzlab qoladi. Ikki nafar öt öçiruvçi halok böladi.
Keyinroq Nyu-Yorkka yetib kelgan harbiylar yonğin yölidagi binolarni buzib taşlaydi va olov jilovlanadi. Uşbu yonğin natijasida körilgan iqtisodiy zarar yigirma million dollarga baholanadi (bugungi kunda bu miqdor kamida 486 million dollarni taşkil qiladi).
Nyu-York şahri ma’muriyati yonğindan söng aholidan toşdan binolar qurişni talab qila boşlaydi. Şaharning öt öçiriş tizimlari yangilanadi.
Çikago
Çikago yonğini / Foto: WTTW
AQŞning yana bir yirik şahri Çikago 1871 yili uç kun olov içida qoladi. Çikago yonğini 8 oktabr kuni boşlanadi. Maşhur versiyaga köra, yonğinga şaharning DeKoven köçasidagi sigirning kerosin fonarni tepib yuborgani sabab bölgan. Biroq bu haqda birinçi bölib yozgan jurnalist Maykl Ehern keyinçalik uşbu voqeani töqib çiqarganini tan olgan.
Öt öçiriş brigadasi signali soat 21:40 da çalinadi, kuçli janubi-ğarbiy şamol yonğinni şahar markaziga olib boradi. Olov şahar markazidagi mehmonxona, dökon, çerkov va teatrlarni vayron qiladi. Şahar aholisi daryo orqali Çikagoning şimoliy qismiga yonğindan qoçib ötadi, biroq olov tez orada bu yerga ham yetib keladi.
10 oktabr kuni boşlangan yomğir yonğinni öçiradi. Çikago yonğini şaharning qirq sakkiz mavzesini butunlay vayronaga aylantiradi.
Yonğindan söng bir yuz yigirma beş kişining jasadi topiladi. Rasmiy ma’lumotlarga köra esa qurbonlar soni 200-300 kişini taşkil etgan.
Tokio
1923 yil 1 sentabrda Yaponiya poytaxtida sodir bölgan dahşatli yonğinga «Katta Kanto zilzilasi» nomi bilan maşhur bölgan zilzila sabab bölgan.
Öt öçiriş xizmatlari ança rivojlanganiga qaramay, zilzila sabab muammolarga duç kelgan öt öçiruvçilar yonğinni töxtata olmaydi.
Odamlar uylaridan çiqib oçiq maydonlarda töplanadi. Biroq şunday maydonlardan biriga töplangan qirq ming kişi atrofdagi binolar yonib ketişi natijasida olov qurşovida qolib ketadi va tutundan böğilib halok böladi.
Tokiodagi yonğin qurbonlarining umumiy sonini aniqlaşning deyarli imkoni yöq, ammo 1923 yil sentabrdagi zilzila va yonğinlar natijasida Yaponiyada jami 175 mingga yaqin inson halok bölgan, yana yarim millionga yaqin kişi esa bedarak yöqolgan.
Zilzila va yonğindan keyingi sarosimadan foydalangan hukumat esa öz siyosiy raqiblarini ham yöq qiladi. Hatto poytaxtni Tokiodan köçiriş masalasi ham köriladi. Yangi poytaxt sifatida Keydzyo, hozirgi Seul tanlanadi, lekin bu loyiha heç qaçon amalga oşmaydi.
Uşbu yonğinlar tarixdagi eng yirik va maşhurlari edi. Minglab insonlar hayotiga zomin bölgan, kitoblar va san’at asarlarini yöq qilgan bu ofatlar ba’zida rivojlanişga ham sabab bölgan. Masalan London yonğini şaharni vabodan qutqarişdan taşqari uning butunlay yangidan qurilişiga va jahon markaziga aylanişiga qaysidir ma’noda sabab bölgandi. Qolaversa, bu yonğinlar davlatlarning şahar infratuzilmasiga e’tibor berişi va öt öçiriş xizmatlarini rivojlantirişga olib keladi.