4 sentabr, yakşanba oqşomida Özbekistondagi bir qator sport naşrlari va futbol klublari elektron poçtasiga Osiyodagi nomdor bukmekerlik kompaniyasi rasmiy vakili nomidan xat jönatildi. Unga köra, kompaniya Toşkentning «Lokomotiv» klubini Superliga bahslarida kelişilgan öyinlarda iştirok etişda ayblagan. Xatda «temiryölçilar» sardori Kaxi Maxaradzening nomi qayd etilgan.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbol taşkilotlari, OAV va klublarga jönatilgan xatda özini 188Bet bukmekerlik kompaniyasi nazoratçisi sifatida taniştirgan şaxs «Lokomotiv» klubi va uning sardori Kaxi Maxaradzening kelişilgan öyinda qatnaşganini iddao qilib, bir qator dalillarni keltirgan. Qayd etilişiça, taşkilot qinğirliklarni isbotlay oladi.
«Biz bu borada barça dalillarga egamiz, marhamat tekşiring», deyiladi xatda va quyidagi öyinlar röyxati hamda dalillar keltiriladi:
- 10 avgust, 2022 yil. OKMK - «Lokomotiv» öyini.
- 17 iyun, 2022 yil. «Lokomotiv» - «Söğdiyona» öyini
- Pul tikilayotgan holat suratlari
- Öyinçining (Kaxi Maxaradze) pul tikayotgan videosi.
- Barça iştirokçilarning videoyozuvlari.

«Muammo 100 foiz «Lokomotiv» klubida. Öyinçilar va örtadagi şaxslar orasida ötkazilgan sörovlarga köra, har bir klubdan beş nafardan öyinçi kelişilgan öyinlarda ma’lum böldi. Texnik qurilmalarimiz orqali sönggi tekşiruvlardan keyin bu holatdagi barça tranzaksion yozuvlar, çatlardagi yozişmalar, skrinşotlar, futbolçilarning qança pul tikkani hamda kelişilgan öyinlar davomida qayd etilgan ğayritabiiy pul tikişlarni aniqladik.
Klub juda köp turnirlarda iştirok etgan. Biz FIFAga köproq dalillarni taqdim etamiz va Özbekiston hukumatidan, amaldorlar, jurnalistlar, politsiya, öyinçilar, klub prezidentlari va murabbiylardan uşbu holatdagi barça aloqadorni tekşirişni söraymiz. Kompaniyamiz uşbu vaziyatni butun dunyoga boriça körsatadi. Özbekiston hukumatiga ham xat jönatiladi», - deyiladi xatda.
Taşkilot rasmiysi xatga ilova sifatida kelişilgan öyinda iştirok etganlikda gumonlanayotgan Kaxa Maxaradzening çatlardan biridagi suhbati suratini dalil sifatida keltirgan. Unda gruziyalik legionerning ikki kişi bilan videokonferensiya rejimida suhbatlaşayotganini köriş mumkin. Uçinçi şaxs körsatilmagan:















