Butun Germaniya yoz böyi poyezdlarda deyarli bepul sayohat qildi – hukumat aholini narxlar oşişidan şu tarzda himoya qildi
|17:22 / 07.09.202214 41112 min
Kyoln şahri vokzali, 2022 yil avgust / Henning Kaiser / dpa / Scanpix / LETAKyoln şahri vokzali, 2022 yil avgust / Henning Kaiser / dpa / Scanpix / LETA
Joriy yilning bahorida nemis hukumati energiya qimmatlab ketişi tufayli narxlar oşayotgan şaroitda aholiga yordam berişga qaror qildi va yozning uç oyi uçun möljallangan töqqiz yevrolik yagona çiptani joriy qildi. Undan Germaniya temiryöllarining istalgan yönalişida foydalaniş mumkin edi (tezyurar poyezdlardan taşqari).
Bu öz navbatida temiryöllar orqali yölovçi taşiş hajmi misli körilmagan darajada oşib ketişiga olib keldi, ijtimoiy tarmoqlarda köplab hazilomuz izohlarga sabab böldi, şuningdek, Angela Merkel ketganidan beri Olaf Şols hukumatining yagona muhim yutuğiga aylandi.
Şu bilan birga, taşabbus bir neça ön yillik optimallaştirişdan söng ayançli ahvolga tuşib qolgan nemis temiryöllari muammolarini oçib taşladi. Ba’zan gavjum poyezdlarga (ayniqsa dengiz sohillari yönalişidagi) çiqişning har doim ham imkoni bölmasa-da, nemislarga töqqiz yevrolik çipta juda yoqib qoldi.
24 mart kuni Germaniya hukumati Berlinda energiya narxining keskin oşişi sababli aholini qöllab-quvvatlaş çoralarini muhokama qilayotganda, transport vaziri Folker Vissing söz oladi. U Germaniya aholisi uçun temiryöllardan yozda çeksiz foydalaniş imkoniyatini beruvçi vaqtinçalik arzon çiptani joriy qilişni taklif etadi: uç oy - 90 kun - 90 yevro. Muhokama paytida 90 dan 0 raqami tuşib qoldi va u töqqiz yevrolik çiptaga (9-Euro-Ticket) aylandi.
Arzon çipta 1 iyundan 31 avgustgaça amal qiladigan böldi (aslida bitta çipta bir oy amal qiladi, demak, yoz uçun uçtasini sotib oliş kerak edi). Bu davr mobaynida töqqiz yevrolik çipta 52 million marta sotib olindi – yana 10 million donasini turli abonement egalari bepul olişdi.
Uşbu çipta bilan Germaniya aholisi mamlakat böylab xohlagan joyga bemalol sayohat qilişi, erta tongda poyezdga ötirib, keçga qadar istalgan nuqtaga yetib borişi mumkin edi (faqat tezyurar poyezdlardan taşqari). Ammo uzoq masofaga otlanişning hojati yöq edi – köpçilik undan har kuni işga boriş yoki qöşni şaharlardagi qarindoşlarini yöqlaş uçun foydalandi.
Loyihada töğridan töğri moliyaviy yordamdan taşqari, ekologik missiya ham bor edi – nemislar avtomobillardan kamroq foydalanadi deb taxmin qilindi. Bu oz miqdorda özini oqladi: çipta sotib oluvçilarning 10 foizi avtomobilni taşlab, poyezdga ötirişdi. Lekin undan asosan oldin kam sayohat qilgan yoki umuman sayohat qilmaganlar foydalanişdi. Loyiha aholi harakatçanligining misli körilmagan ösişiga olib keldi, buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi: 2022 yil iyun oyida Germaniyada poyezdlar qatnovi soni 2019 yilning iyuniga nisbatan 40 foizga oşdi.
Çipta Germaniyaning deyarli har bir aholisiga ta’sir qilgan populistik, ammo samarali siyosiy qaror namunasiga aylandi. Millionlab odamlar undan foydalanişdi, u haqda bahslaşişdi, qöşiqlar yozildi, ijtimoiy tarmoqlarda memlar tarqaldi, u hatto Der Spiegel jurnali muqovasida paydo böldi.
Mavzuga oid
Ayniqsa, «millionerlar kurorti» hisoblanmiş, Şimoliy dengizdagi 40 kilometrlik qumli plyaji bilan maşhur bölgan Zilt oroliga deyarli tekinga boriş imkoniyati nemislarni hayratga soldi.
Nemis panklari hatto fleşmob uyuştirişdi: iyun oyida bir neça yuz kişi Ziltga kelib, Vesterland şahri markazida norozilik lagerini barpo etişdi. Millionerlar kurortidagi panklar Germaniyada yilning asosiy memlaridan biriga aylandi (Der Postillon satirik jurnali hatto Zilt hukumati töqqiz yevrolik sayyohlardan xalos böliş uçun orolga olib boradigan temiryölni portlatişga qaror qilgani haqida xabar tarqatdi). Bundan taşqari, panklar jamiyatni qaysidir ma’noda yanada demokratlaşuvi ramziga aylandi – har qanday odam istalgan manziliga yetib oliş imkoniyatiga ega böldi, uç oy davomida hammada bu borada tenglik yuzaga keldi.
Nihoyat, bu qaror Angela Merkel hukumati örnini egallagan sotsial-demokratlar, yaşillar va liberallar koalitsiyasining şubhasiz, deyarli yagona muvaffaqiyati deb ataldi va unga 2,5 milliard yevro budjet mablağlari ajratildi. Kansler Olaf Şolsning özi buni «xayolimizga kelgan eng yaxşi ğoyalardan biri» deb atadi, ammo röyxatni davom ettiriş unga oson bölmasa kerak.
Muammo şundaki, mamlakat töqqiz yevrolik çiptaga tayyor emasdi
Töqqiz yevrolik çipta, boşqa narsalar qatori, jamoatçilik e’tiborini temiryöllarga qaratdi va juda köp muammolarni oçib taşladi. Ijtimoiy tarmoqlar yölovçi köpligidan harakatlana olmay qolgan poyezdlar va haddan taşqari toliqqan xodimlar haqidagi şikoyatlar bilan tölib ketdi. Temiryölçilar kasaba uyuşmasi ma’lumotiga köra, ommabop yönalişlarda xodimlarning çorak qismidan köproği kasallik tufayli işga çiqmay qolgan. Eng köp şikoyat poyezdlar keçikişi bilan boğliq bölgan. Köp sonli yölovçilar poyezddan poyezdga ötirişi tufayli keçikişlar soni keskin oşgan, oqibatda uzoq safarlar vaqti yana bir neça soatga uzaygan.
Berlinlik siyosatşunos Dmitriy Stratiyevskiy 9 yevrolik çiptani ham ekspert sifatida (u jamoat transporti masalalari bilan şuğullanadi), ham Germaniya poytaxtidan bir neça marta çetga çiqişga muvaffaq bölgan sayyoh sifatida baholadi.
«Men tiğiz paytda yölga çiqmaslikka harakat qildim. Ammo şunda ham mutlaqo dramatik sahnalarni tomoşa qildim – poyezd haddan taşqari tölgan, odamlar bir-birining nafasini his qiladigan darajada yaqin turardi. Keyin maşinist poyezd buzilib qolgani va uzoq platformadagi boşqa poyezdga ötiriş kerakligini e’lon qildi. Keksa ayollar deyarli yiğlab yuborişdi, boşqa platformaga boriş ular uçun oğir, ba’zi stansiyalarda lift ham yöq edi», dedi Stratiyevskiy.
Dam oliş kunlarida maşhur yönalişlarda sayohat qiliş, masalan, Boltiqböyi yoki Şimoliy dengizdagi kurortlarga boriş yölovçilar tomonidan bir ovozdan «dözax azobi» deb ataldi.
Germaniya transport tizimi qiyinçilik bilan, xodimlar soğliği va yölovçilarning asablari evaziga yozgi bosimga doş bera oldi, ammo muammolar yöqolmadi. Bundan taşqari, muammolar yeçimi oson emasdek tuyulmoqda. Stratiyevskiy vaziyatni quyidagiça ta’riflaydi:
«Muammo şundaki, 1990-yillarda Germaniyada töğri qaror qabul qilinmadi. Öşa paytda Yevropada tezyurar poyezdlar ommalaşdi. Agar Fransiya, Ispaniya, Italiyada tezyurar poyezdlar uçun maxsus yöllar qurilgan bölsa, Germaniya bunday qilmadi. Bu yerda tezyurar poyezdlar şahar yoki yuk poyezdlari bilan bir xil yöllar böylab harakatlanadi. Bu esa tartibsizlik keltirib çiqaradi. Biz berlinliklar temiryöl vokzalida turganimizda oldimizdan tezyurar poyezd katta tezlikda ötib ketişiga duç kelamiz. Bu töğri emas. Bir yöl orqali köp turdagi poyezdlar harakatlansa, muammolar qalaşib ketadi».
Germaniya temiryöllari tizimi 40 ming kilometr uzunlikka ega va dunyoda oltinçi örinda turadi. Ammo şu yöllar orqali har xil turdagi, turli tezlikdagi va turli maqsadlardagi poyezdlar harakatlanadi. Barça sa’y-harakatlarga qaramay, bu oqimlarni samarali muvofiqlaştirişning iloji bölmayapti. May oyining ikkinçi yarmida (ya’ni töqqiz yevrolik çiptalar joriy qilinmasdan oldin ham) Germaniyadagi poyezdlarning qirq foizdan ortiği manzilga keç yetib borgan.
Germaniya bu tizimni isloh qiliş, masalan, tezyurar poyezdlar uçun maxsus liniyalarni quriş imkoniga ega emas. Gap pulda emas, budjetda mablağ bor. Stratiyevskiyning sözlariga köra, buning uçun mamlakatning yarmini «tösib qöyiş» va «qazib taşlaş» kerak böladi. Bu esa bir neça yil davomida temiryöl harakatini sezilarli darajada qisqartiradi. Bunga hozirgi şaroitda, masalan, Germaniya şoşilinç ravişda Rossiya gazini almaştirişga urinayotgan va kömirni temiryöl orqali taşiyotgan vaziyatda erişib bölmaydi. Şuningdek, misli körilmagan qurğoqçilik tufayli, Reyn daryosi sayozlaşgan va yana bir muhim transport tarmoği töxtab qolgan şaroitda ham.
«Biz amalda 90-yillardagi temiryöl tarmoği şaroitida yaşayapmiz. 2000-yillar oxiri va 2010-yillar boşida u biroz ta’mirlandi. Ammo infratuzilma zamonaviy talablarga javob bermaydi. Butun dunyo böylab temiryöl transportining roli tobora ortib borayotgan davrda bu açinarli», deb xulosa qiladi Stratiyevskiy.
Germaniyada temiryöl islohotlari yölovçilar hisobidan amalga oşirildi. Töqqiz yevrolik çipta buni özgartirmadi
1990-yillar boşidan beri Berlinda yaşab kelayotgan va muntazam ravişda temiryöldan foydalanadigan bastakor Sergey Nevskiy nemis poyezdlari harakatlari asosida soatni töğrilab oliş, sotib olingan çiptadan esa bir oy davomida istalgan reysda foydalaniş mumkin bölgan davrlarni qömsaydi.
1990-yillar örtalaridan boşlab, nemis temiryöllari xususiylaştirilgaç, optimallaştirişning deyarli uzluksiz jarayonidan ötmoqda. Nevskiyning sözlariga köra, buning oqibatida poyezdlarning qulayligi kamayib, keçikişlar soni ortib, çiptalar qimmatlaşmoqda, tarif tizimi esa murakkablaşmoqda.
Darhaqiqat, Germaniya temiryöllari tarmoği köplab tarif zonalariga bölingan – har biri öz narx siyosatiga ega. Şahardan şaharga borişda barça xarajatlarni hisoblab çiqiş va oz-moz iqtisod qiliş uçun ba’zan tom ma’noda murakkab matematik tenglamani yeçişga töğri keladi.
Töqqiz yevrolik çipta joriy qilinişi, ya’ni oddiy va tuşunarli tarifning foydasi hatto temiryöl tarmoğining jiddiy kamçiliklaridan ham ustun ekanini körsatdi. Oxir-oqibat, Germaniya transport işçilari uyuşmasi ma’lumotlariga köra, xaridorlarning 88 foizi çiptadan qoniqiş hosil qilgan.
Sönggi yillarda Germaniya yölovçilarning hamyonlari evaziga temiryöllarni optimallaştirdi va ba’zi qulayliklardan voz keçdi. Masalan, aholi uçun qulay bölgan tungi reyslar marşrutlardan olib taşlandi, eski, ammo qulay (keng) vagonlar Turkiya va Bolgariyaga sotildi. Ularning örnini yangi, tor vagonlar egalladi. Infratuzilma rivojlantirilmadi.
Masalan, Nevskiy «Berlin – Hamburg» yönalişi uçun Çexiya temiryöllari poyezdini tanlaşni maslahat beradi: «Uning vagonlari xuddi 20-30 yil oldingi Germaniyaniki kabi keng va qulay».
Töqqiz yevrolik çipta bu borada uzoq kutilgan burilişni anglatar edi – şu sababli nemislar u bilan xayrlaşişni unçalik xuş körişmayapti.
Berlinlik faollar hatto sentabr oyida maxsus jamğarma taşkil qilişdi: uning a’zolari har oy 9 yevro tölagan holda jamoat transportida bepul harakatlanişadi (aslida, «quyon» bölib). Agar nazoratçi ularni uşlasa, jamğarma jarimani tölab beradi (hozir Germaniyada bu 60 yevroga teng).
Töqqiz yevrolik çiptani saqlab qolişning bu yölini xavfli deb hisoblaydiganlar endi hukumatning yangi qarorini kutişiga töğri keladi.
Loyihani davom ettiriş uçun mablağ ajratiş haqidagi qaror allaqaçon qabul qilingan, ammo yangi «töqqiz yevrolik çipta»ning joriy etiliş sanasi va narxi hozirça noma’lum. Biroq qiymat 9 yevro bölmasligi aniq – hukumat 49 dan 69 yevrogaça bölgan narxni muhokama qilmoqda.