2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil 31 dekabrgaça fuqarolar özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötib, yengil avtomobilda yölovçi taşiş faoliyatini amalga oşirişiga ruxsat berildi.
Buning uçun haydovçi avvalo özini özi band bölgan şaxs sifatida röyxatdan ötişi lozim. Buni yagona portal orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bölimiga borgan holda amalga oşiriş mumkin. Röyxatdan ötgan fuqarolarga guvohnoma beriladi. Röyxatdan ötiş va guvohnoma oliş bepul.
Söngra haydovçi yagona portal orqali masofadan yoki Davlat xizmatlari markaziga borib, guvohnomaga asosan yölovçi taşiş litsenziya varaqasi oliş uçun 1 yilga 300 ming söm davlat boji tölab, litsenziya varaqasi oladi. Şunda, haydovçi jami bölib 1 yilga 300 ming söm sarf qiladi. Agar litsenziya yagona portal orqali olinsa, 10 foiz çegirma beriladi, ya’ni davlat boji 270 ming sömni taşkil etadi.
Kun.uz şuni qöşimça qiladiki, agar özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan haydovçi rasmiy iş stajiga ega bölişni istasa, ixtiyoriy ravişda 1 yil uçun 300 ming söm ijtimoiy soliq tölaşi mumkin. Takrorlab ötamiz, ijtimoiy soliq tölaş özini özi band qilganlar uçun ixtiyoriy sanaladi.
Şu bilan birga, özini özi band qilgan taksiçilar:
- taksi belgili plafon olib, avtomobilining tom qismiga örnatişi kerak (taksida plafon bölmasa, bu 300 ming sömdan 900 ming sömgaça jarima solişga sabab böladi – MJtK 1764-moddasi 2-qismi);
- 1 yilda 1 marta tibbiy körikdan ötişi kerak;
- 1 yilda 1 marta avtomobilini texnik körikdan ötkazişi kerak.
Kirakaş jismoniy şaxslar avtomobilini sariq rangga böyaşlari majburiy emas.











