Ukrainadagi uruş va uning Rossiya uçun oqibatlari haqida
Biz heç narsa yöqotmadik. Heç narsa yöqotmaymiz ham. Eng asosiy erişganimiz – suverenitetimizning mustahkamlanişi. Ha, ma’lum darajadagi qutblaşuv sodir bölmoqda, ammo men dunyoda ham, mamlakatimizda ham bu faqat foydali böladi deb hisoblayman. Çunki barça keraksiz narsalar va olğa yurişimizga xalaqit berayotgan barça narsa uloqtirib taşlanadi...
Eng asosiysi esa, yana bir bor ta’kidlamoqçiman, biz harbiy harakatlar nuqtayi nazaridan heç narsani boşlamadik, balki yakunlaşga urinyapmiz. Harbiy harakatlarni 2014 yilda tinç rivojlanişni istamagan va öz xalqiga bosim ötkazişga uringanlar boşlagan.
Rossiya muammoni tinç yöl bilan hal qilişga köp marta uringanidan keyin xuddi şu yöl bilan – qurolli yöl bilan javob berişga qaror qildi. Biz buni ongli ravişda qildik, barça harakatlarimiz Donbassda yaşayotgan odamlarga yordam berişga qaratilgan. Bu bizning burçimiz va uni oxirigaça ado etamiz. Oxir-oqibat bu mamlakatimizning içkaridan va taşqi siyosat nuqtayi nazaridan mustahkamlanişiga olib keladi.
Rossiya gazi narxini çegaralaşga uriniş haqida
Kimdir bu ahmoqona qarorni amalga oşirişga urinadigan bölsa, bu mazkur qarorni qabul qilganlar uçun yaxşilikka olib kelmaydi. Şartnomaviy majburiyatlar bor. Şartnomaga zid siyosiy qarorlar qabul qilinadimi? Biz ularni bajarmay qöya qolamiz. Agar manfaatlarimizga zid keladigan bölsa, heç narsa yetkazib bermaymiz. Na neft, na kömir, na mazut. Bizga özinikini ötkazmoqçi bölayotganlar hozirda bizga buyruq beradigan holatda emas. Öylab körişsin. Biz esa xuddi ertakdagidek: «Muzla, muzla, börining dumi» deyişimiz qoldi.
Zaporijjya AESdagi vaziyat va XAEA missiyasi taşrifi haqida
Men Xalqaro atom Energetikasi agentligining hisobotiga şubhasiz işonaman. XAEA — juda mas’uliyatli xalqaro taşkilot. Rahbari — juda professional inson. Ular AQŞ, Yevropa mamlakatlari bosimi ostida turadi. Öqqa tutişlar Ukraina hududidan amalga oşirilayotganini töğridan töğri ayta olişmaydi. Bu yaqqol narsa. Axir stansiyani biz nazorat qilyapmiz. U yerda bizning harbiylarimiz turibdi. Xöş,özimizni özimiz öqqa tutyapmizmi? Şunçaki bema’nilik... u yerda qança HIMARS va boşqa Ğarb qurollari qoldiqlari yotibdi. Bu tahdid soladimi? Albatta soladi... stansiya hududida Rossiya harbiy texnikasi yöq.













