Afğonistondan xorijiy qöşinlar zudlik bilan olib çiqilgaç, bu davlatdagi vaziyatni normallaştirişda ŞHTning roli va ahamiyati sezilarli darajada oşdi.
Şu bois Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşkilotning kuzatuvçi davlatlari: Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Kamboja, Nepal, Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni hamda xalqaro taşkilotlar iştirokida “ŞHT – Afğoniston” formatida oliy darajadagi uçraşuvlarni muntazam ötkaziş taşabbusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
2022 yil iyul oyida Toşkentda “Afğoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzuida yigirmadan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar delegatsiyalari iştirok etgan xalqaro konferensiya ham mazkur formatning samaradorligini isbotlaydi.
Anjuman Özbekiston taşqi siyosatining oçiqligini hamda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining tarixiy özaro boğliqligini tiklaş masalasini hal etiş dolzarb ekanligini körsatdi. Afğoniston iqtisodiyotini qayta tiklaş, Ğarb va Şarqning köpsonli davlatlari örtasidagi savdo-sotiqni rivojlantiriş va mintaqaning geosiyosiy landşaftini özgartirişga xizmat qiladigan yirik loyihalardan biri bu Pokistonning Gvadar portiga çiqadigan Mozori Şarif-Kobul-Peşovar temir yöli qurilişi bölişi mumkin. Uşbu fikrni Özbekiston prezidenti aytdi.
“Toşkent platformasi” öz samarasini allaqaçon isbotlab bölgan va kelgusida Afğoniston böyiça xavfsizlik, ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini oliş, inklyuziv hukumat yaratiş, inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş, ijtimoiy-iqtisodiy tiklaniş, infratuzilmaviy, gumanitar loyihalarni amalga oşiriş kabi masalalar böyiça muzokaralar va muhokamalar maydoniga aylanişi mumkin.
Bu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanişi, uning zamonaviy iqtisodiy va xalqaro munosabatlarga qaytişi hamda mintaqadagi barqarorlik aynan uşbu masalalar böyiça birinçi navbatda, ŞHTga a’zo davlatlar tomonidan özaro maqbul yeçimlar topilişiga boğliq.
Şuhrat Qobilov,
Markaziy Osiyo xalqaro instituti boş ilmiy xodimi.













