Ukraina Boş prokuraturasi 7 sentabr, çorşanba kuni bir yarim oydan köproq davom etgan muzokaralardan söng jasadi Ukraina rasmiylariga topşirilgan britaniyalik köngilli Pol Urining «DXR» hududida qiynoqqa solingani va öldirilgani böyiça sudga qadar tergov boşladi. Ukraina boş prokurori Andrey Kostinning sözlariga köra, tergovda Kiyev aloqada bölgan Buyuk Britaniya vakillari ham iştirok etmoqda. 

«Köngillining tanasida tan jarohatlari izlari bor, bu uning ölimiga asl sabab bölişi mumkin bölgan qöpol muomaladan dalolat beradi. Jasad notöğri şaroitlarda saqlangan va yomon holatda, şuning uçun ölim va tan jarohati holatlarining haqiqiy sabablari sud-tibbiy ekspertiza davomida aniqlanadi», dedi Kostin brifingda. Uning sözlariga köra, köngilliga zaruriy yordam, xususan, tibbiy yordam körsatilmagan, u noqulay şaroitlarda saqlangan, deyişga asos bor. 

Boş prokuraturaning dastlabki ma’lumotlariga köra, Pol Uri va yana bir britaniyalik Dilan Gill aprel oyida Zaporijjya oblastidagi Dniprorudne yaqinida rus harbiylari tomonidan qölga olingan, ular u yerda mahalliy aholiga jangovar harakatlar hududidan evakuatsiyada ixtiyoriy ravişda yordam bergan. Ular majburan «DXR»ga olib ketilgan. Iyul oyida «DXR» «hokimiyati» köngillining kasallik va stress tufayli vafot etgani haqida xabar bergan. Dilan Gill «DXR»da asirda uşlab turilibdi, u yollanma askarlik faoliyatida ayblanyapti.

Öz navbatida, Ukraina Oliy radasining inson huquqlari böyiça komissari Dmitriy Lubinets Pol Urining «ölimi zöravonlik oqibatida yuz bergani haqida mas’uliyat bilan gapirişi» mumkinligini aytdi. «Odam bunday qiynoqlarga çiday olmaydi. Men marhumning jasadi suratini kördim va uni körgan odamda bunga heç qanday şubha qolmaydi», - deydi Lubinets.