Mazkur yönaliş doirasida Qarşi davlat universitetida amaliy harakatlarga asoslangan tizimli işlar yölga qöyilgan. Agar raqamlar misolida tahlil qiladigan bölsak, 2020 yilda oliy ta’lim muassasasiga qaraşli 7 ta talabalar turar joyining quvvati 1057 öringa teng bölib, umumiy ehtiyojning atigi 33 foizi ta’minlangan edi. Sönggi bir yil davomida talaba-yoşlarga munosib şart-şaroitlar yaratiş maqsadida hududda keng kölamda quriliş-ta’mirlaş işlari olib borildi. Jumladan, 2021 yilda 7 ta talabalar turar joyidagi mavjud yaşaş xonalarida ikki yarusli krovatlarni joriy etiş va qöşimça 2 ta yotoqxona binolarini optimallaştiriş orqali 1253 ta örin taşkil etildi hamda mavjud yotoqxonalarning umumiy quvvati 2457 öringa (83 %) yetkazildi. 

Foto: Qarşi davlat universiteti

Joriy yil oktabr oyida universitet hududida jadal sur’atlarda yangitdan bunyod etilayotgan 660 örinli barça qulayliklarga ega, zamonaviy talabalar turar joyining foydalanişga topşirilişi natijasida talabalarning yotoqxona bilan qamrovi 100 %ga yetadi.

2022-2023 öquv yilida talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlariga joylaştiriş böyiça yoşlar masalasiga mas’ullar tarkibidan iborat işçi guruh faoliyati yölga qöyildi. Şuningdek, Talabalarni yotoqxonaga joylaştiriş markazi tomonidan belgilangan mezonlar asosida dastlab ijtimoiy himoyaga muhtoj va boşqa viloyatlardan kelib öqiydigan yoşlar talabalar turar joylariga joylaştirilmoqda. Oliy ta’lim muassasasining ijara xonadon manzili, yaşaş şaroitlari asosida şakllantirilgan ijara.qarshidu.uz elektron platformasi orqali maqbul şaroitlarga ega ijara xonadonlarini topişga kömaklaşilmoqda. 

Foto: Qarşi davlat universiteti
Foto: Qarşi davlat universiteti
Foto: Qarşi davlat universiteti

Ta’kidlaş joiz, tizim foydalanuvçilarga qulay manzillarni oson aniqlaş maqsadida Qarşi şahar kadastr ma’lumotlari HEMIS axborot tizimi bilan integrallaştirilgan. Şuningdek, uşbu tizim orqali talaba istiqomat qiladigan ijara xonadonining geografik joylaşuvini aniqlaş imkoni yaratilgan. Bu talaba bilan uzviy aloqa qiliş imkonini beradi.