Ukrainaning qarşi hujumi davomida Xarkiv yönalişida çekinayotgan Rossiya armiyasi askarlari asir tuşmoqda. Asirlarning bir qismi - yaqinda muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar. BBC ulardan birining qarindoşlari bilan boğlandi.
«Siz qaysi mamlakat fuqarolarisiz? Rossiyaliklarmi? Ota-onangiz bormi? Yoşingiz neçada? Uruşga ketayotganingizni bilganmidingiz?» - deya savol beradi ukrainalik harbiy xizmatçi asir tuşgan rossiyalik yoş askarlarga.
Ular Kaliningrad oblastidan kelişgani, barçasining yoşi yigirma atrofidaligi, uyda ularni ota-onalari kutayotgani, uruşga ketayotganidan esa bexabar bölişganini aytişadi.
«Sizga bu uruş kerakmi? 10-15 yil oldin Rossiyada köplab döstlarim bor edi. Sizni almaştirişadi va siz mamlakatingizdagilarga bizga bu uruş kerak emas deb aytasiz. Biz bu yerda döstlarimiz, yaqinlarimizni yöqotyapmiz. Uruş tufayli bir oy oldin otam vafot etdi. Men tinç hayotda yaşaşni istayman. Maktabda işlaşda davom etişni, bolalarni tarbiyalaşni xohlayman. Men xotinim bilan yaşaşni istayman. [Nega] bu yerga keldingiz? Biz tinç yaşayotgandik, bu yerda barça hayotdan xursand edi. Bu yerda sizning nima keragingiz bor? Ularni töplang. Siz Severodonetskni bilasizmi? Biz öşa yerdanmiz. Nega siz u yerni vayron qildingiz?» - deya monolog öqigan Ukraina qurolli kuçlari jangçilaridan biri asirlar oldida.
7 sentabr kuni ukrainalik harbiylar rossiyalik harbiy asirlarni söroq qiliş jarayoni aks etgan videoyozuv Xarkiv oblastidagi Balakliya şahridagi vaziyatni yoritayotgan telegram-kanallarda tarqaldi. Unda «DXR» yoki «LXR»da safarbar qilingan aholi vakillari yoki Rosgvardiya jangçilari emas (rossiyaparast manbalar Xarkiv oblastidagi front çiziğida şunday bölinmalar mudofaalanayotgani haqida aytgandi), balki kaliningradlik motoöqçilar aks etgan.

Rossiya armiyasi frontning turli uçastkalarida qanday qismlar jang qilayotgani haqida ma’lumotlarni oçiqlamaydi, ammo frontda bu kabi keskin özgarişlar röy bergan mahalda oçiq manbalar asosida ayrim tafsilotlarni oliş mumkin.
Ukrain kanallari yangi asirlar haqidagi xabarlarida, hazil ölaroq Rossiya tomoni frontga «10 B sinf öquvçilari»ni yuborganini yozadi, çunki köplab harbiylar juda yoş: 2000-2002 yillarda tuğilgan. Ayrimlari bir neça oylik muddatli harbiy xizmatdan keyin yaqinda şartnoma imzolagan. Bu Rossiyaning Xarkiv yönalişidagi resurslari tugayozganidan darak berişi mumkin, avvalroq Ukraina qurolli kuçlari janubda manyovrlar amalga oşirib, Rossiya armiyasini Xerson mudofaasi uçun yönaltirgandi.













