13:20 / 11.09.2022
21121
Ozod etilgan hududlardagi ukrain harbiylari, Mikolayivda cho‘kib ketgan kema. Urush suratlari

Ukrainada urushning 199-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiya qo‘shini Izyumni tark etdi, Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk shahri egallanganini rasman ma’lum qildi. Kupyansk Izyumdagi Rossiya kuchlari ta’minotidagi muhim punkt edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk va Izyumga kirgani, shuningdek Liman va Volchanskka hujum qilayotgani aks etgan foto va videolar tarqalgan.
  • Izyumdan chekinilayotgani haqida RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi. Vazirlik talqiniga ko‘ra, gap «Rossiya kuchlarining qayta guruhlanishi» haqida ketmoqda. Xarkiv oblastidagi qo‘shinlar olib chiqilayotgani «Donetsk yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish» maqsadi bilan izohlandi.
  • Tunga yaqin Luhansk oblastining Lisichansk shahri yaqinida janglar boshlangani haqida xabarlar kela boshladi.
  • Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgan Xarkiv oblastidagi Grakove qishlog‘ida eksgumatsiya ishlari boshlandi. Ukraina bosh prokuraturasi bu hududda ham rossiyalik harbiylar tinch aholi vakillarini o‘ldirganini gumon qilmoqda. 
  • 10 sentabr kuni Volodimir Zelenskiy oy boshidan buyon Ukraina qurolli kuchlari mamlakatning ikki ming kvadrat kilometrdan ortiq hududi ozod etilgani haqida ma’lum qildi.
  • «Janub» operativ qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, ukrain qo‘shini Xerson oblastida ham bir necha o‘n kilometrga ilgarilagan.
  • Kiyevga Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok tashrif buyurib, uning mamlakati «butun kuchi» bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
  • Bu vaqtda Moskvada Shahar kuni munosabati bilan bayram salyuti otildi. Poytaxtdagi 23 maydonda mushakbozliklar uyushtirilgan.

Quyida 10 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xersonda bolalar bayrami

Xersonda animatorlar bolalarga Rossiya bayroqlari va sovg‘alar ulashmoqda. Bu vaqtda, «Janub» operativ qo‘mondonligi xabar berishicha, ukrain qo‘shini rossiyalik harbiylar egallab olgan Xerson oblastida bir necha o‘n kilometrga ilgarilagan.
Sergey Malgavko / TASS

«LXR»dagi blokpost 

Xarkiv oblastining RF tomonidan egallangan hududlari aholisi Svatovo shahridagi blokpostdan o‘tmoqda, bu shahar mart oyidan buyon «LXR» kuchlari nazoratida. Foto: Aleksandr Reka / TASS

Ukrainaning ozod etilgan hududlari 

Ukrain askarlari Xarkiv oblastida ozod etilgan Kupyansk shahridagi ma’muriy binolardan birining tomida Ukraina bayrog‘i bilan. Shahar Xarkivdan 117 kilometr janubi-sharqda, Rossiya chegarasiga yaqin joylashgan.
Foto:  «Kupyansk» telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA
Balakliyada ukrain bayroqlari. 9 sentabr kuni shahar to‘lig‘icha Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi — bu Ukrainaning shu vaqtgacha kuzatilgan eng muvaffaqiyatli qarshi hujumi natijasi bo‘ldi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Shevchenkovoga kirishda o‘rnatilgan stela fonida suratga tushmoqda, Balakliya ortidan bu posyolka ham Ukraina armiyasi tomonidan qaytarib olindi. Shevchenkovo Xarkivdan taxminan 80 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Press-slujba VSU / Reuters / Scanpix / LETA
Balakliyada yakson etilgan rossiyaliklar tanki. Rossiya qo‘shini harbiy harakatlar hududida o‘nlab texnikalar yo‘qotishgan.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Balakliya ko‘chasida qolgan rossiyaliklar harbiy avtomobili.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Balakliya ko‘chalaridan birida rossiyaliklar tashlab ketgan o‘q-dori va qurol qutilari va chiqindilar.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Mikolayivda cho‘kib ketgan kema

Cho‘kib ketgan «Tayfun» kemasi fonida baliq tutayotganlar. Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati press-ofitseri Dmitro Pletenchukning aytishicha, kema ancha oldin foydalanishdan chiqarilgan bo‘lgan. U 10 sentabr kuni Mikolayivda Shahar kuni o‘tayotgan kuni rossiyaliklar raketa zarbasidan cho‘kib ketdi.
Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkivga navbatdagi zarba oqibatlari

Xarkivdagi «Mіsto» ko‘ngilochar maskani zarbalardan keyin. Rossiya qo‘shini 9 sentabr kuni shaharga zarba berdi. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, 14 kishi yaralangan, ular orasida uch bola ham bor.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ukrain o‘t o‘chiruvchilari RF qo‘shinlarining Xarkivga yo‘llagan zarbalaridan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi tungi portlashlar

Fonar ko‘targan ayol mehmonxona oldidagi avtoturargohda. U RF qo‘shinining Pokrovskka yo‘llagan tungi zarbalaridan keyin derazalar butun qolgani yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Donetsk oblastidagi ushbu shahar Ukraina nazoratida bo‘lib turibdi.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Pokrovskda portlashdan keyingi yong‘in
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top