Rossiya qöşini qurşovga tuşib qolmaslik uçun 8 sentabr kuni Balakliya şahrini taşlab çiqişdi, 10 sentabr kuni esa — RF mudofaa vazirligining uşbu mintaqadagi asosiy ta’minot bazasi hisoblangan Kupyansk şahrining ğarbiy qismidan çekindi. 10 sentabr kuni Rossiya qurolli kuçlari uşbu hududdagi eng yirik guruhi ştabi joylaşgan Izyum şahridan ham keta boşladi. Bu hududlar bilan birga janglar vaqtida boy berilgan boşqa önlab qişloq va posyolkalar, önlab butun yoki şikastlangan texnikalar, şuningdek tonnalab öq-dorilar qoldirib ketilgan. Bundan taşqari — Rossiya armiyasi 2022 yil martidan buyon katta kuç va qurbonlar bilan erişilgan barça narsa boy berildi. Endi rossiyalik harbiylarda şimoldan turib Donbassga yangi hujum boşlaş imkoniyati qolmadi. Quyida bu voqealarning qisqaça tadriji keltiriladi.

Bu qanday röy berdi?

  • Ukraina qöşini Balakliya va Çuguyivdan yorib ötib, 9 sentabr kuni Kupyanskning ğarbiy çekkasiga yetib kelişdi. Ular raketa zarbalari bilan Oskol daryosi (daryo Kupyansni ğarbiy va şarqiy qismga ajratadi) orqali ötgan avtomobil köprigini yakson etdi va bu orqali Ukraina armiyasining şaharga kirişiga qarşilik körsatişga uringan Rossiya armiyasi ta’minotini murakkablaştirdi. 10 sentabrga ötar keçasi Rossiya kuçlari Oskol daryosining şarqiy sohiliga çekindi va bu yerda kun davomida yangi mudofaa liniyasi taşkil etişga urindi. Şuningdek, RF qurolli kuçlari ukrainlarning şahardan şimolga, Ukraina-Rossiya çegarasi (Xarkiv Rossiyaning Belgorod oblasti bilan çegaradoş) tomon hujum qilişini töxtatişga urindi.
  • Ukraina qöşinlarining Balakliya hududida hujumga ötgan yana bir guruhi 9 sentabr kuni Kupyanskdan janubda Oskol daryosi böyiga (Oskol suv omboriga) yetib kelib, Kupyansk va Rossiyaning Izyum hududidagi yirik guruhi örtasidagi barça aloqa yöllarini uzib qöydi. Izyumdagi guruh yoz böyi Donbassdagi Slovyanskka hujum qilişga uringandi.
  • Kupyanskdan 50 kilometr janubda joylaşgan Izyum şahrini «katta yer» bilan boğlaydigan yagona yöl ham (u Oskol daryosi ustidan şu nomdagi şahar hududida ötadigan köprik yölidir) ukrain qöşinlari töxtovsiz olğa yurişidan keyin xavf ostida qolgan: janubdagi ukrain qöşini Oskol daryosi kelib quyiladigan Şimoliy Donni keçib ötdi va Limanga yaqinlaşdi. Liman egallangan taqdirda ular şimol tomon biroz yurib Izyumning ta’minoti amalga oşirilişi mumkin bölgan sönggi yölni ham tösib qöyişi mumkin edi (endi bunga hojat qolmadi, RF mudofaa vazirligi Izyumni taşlab çekinişga qaror qildi).
  • Şu tahdid tufayli 10 sentabrga ötar keçasi Rossiya qömondonligi bu guruhni qurşovga tuşişdan saqlaş maqsadida evakuatsiya qilişga kirişdi. Şu kuni ukrain qöşinlari Izyumning şimoliy çekkasiga yaqinlaşib keldi, ammo şahar ozod etilgani hozirça rasman e’lon qilinmagan.
  • 11 sentabr kuni ukrain harbiylari şimoldagi Volçansk şahri markaziga kirib borgani va u yerda ham Ukraina bayroği örnatilgani aks etgan video va fotolar tarqaldi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida böri boşi aks etgan emodzi qoldirdi. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni mamlakat armiyasi nafaqat janub va şarqqa tomon, balki şimolga ham muvaffaqiyatli yuriş qilayotganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi şu kuni e’lon qilgan xaritada Rossiya harbiylari Xarkiv şimolidan ham çekingani va endi mudofaa çiziği Oskol daryosi böylab ötişi aks etgan. Ya’ni rossiyalik harbiylar Xarkiv oblasti şimolida, Rossiya bilan çegaralarga yaqin joylaşgan Volçansk, Kozaça Lopan, Varvarivka va Velikiy Burluk şaharlari hamda çegaradagi boşqa aholi punktlarini ham taşlab ketgan, Ukraina harbiylari davlat çegaralariga çiqqan.