11 sentabr kuni Toşkent xalqaro aeroportidagi uçib ketiş terminalida tutun paydo bölgan. Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berişiça, yölovçilar va xodimlar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

Hodisa joyiga Toşkent aeroportining tegişli xizmatlari — Aeroport Yonğin-qutqaruv xizmati, Parvozlarni elektr-yoritiş bilan ta’minlaş xizmati va Aviatsiya xavfsizligi xizmati navbatçilik brigadalari zudlik bilan yetib kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğinga birinçi qavat tagidagi transformator podstansiyasida joylaşgan uzluksiz elektr ta’minotining (UPS) qisqa tutaşuvi sabab bölgan. Qisqa tutaşuv oqibatlarini bartaraf etiş hamda voqea joyida işlayotgan xizmatlar xodimlarining xavfsizligini ta’minlaş maqsadida aeroport terminalini ma’lum muddatga elektr energiyasidan uzib qöyişga qaror qilingan.

«Yertöladan ertalab soat 10:30 atrofida tutun çiqa boşladi. Aeroport xodimlarining tezkorligi va şahardan kelgan öt öçiriş brigadalari kömagida yonğin tezda bartaraf etildi. Soat 10:40 da aeroportni vaqtinça elektr ta’minotidan uzişga töğri keldi. Yaxşiyamki, heç kim jabrlanmadi. Bir qator reyslar keçiktirildi. Hozirda aeroportning tegişli xizmatlari hodisa joyida işlamoqda va qisqa tutaşuv sabablarini bartaraf etmoqda», deya izoh bergan Uzbekistan Airports Handling MÇJ direktori Umid Hamroyev.

Qayd etilişiça, ayni damda Olmaotaga (KS-128), Nur-Sultonga (HY-721) va Moskvaga (SU-1975) uçayotgan reyslar keçiktirildi.

«Aeroport xizmatlari havo bandargohini imkon qadar tezroq oçiş uçun bor kuçini sarflamoqda. Hozirgi vaqtga kelib, terminalning katta qismida elektr energiyasi tiklangan», deya qayd etilgan xabarda.

Toşkent aeroportining uçib keliş zali va mahalliy aviaqatnovlar terminali odatdagi rejimda faoliyat olib borayotgani qöşimça qilingan.