Uzbekistan Airways’ning Toşkentdan Termizga uçgan samolyoti Buxoro aeroportiga yönaltirildi. «Novosti Taşkenskogo neba» Telegram-kanali xabar berişiça, HY-065 yölovçi reysi Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo şaroiti — kuçli şamol va çang böroni tufayli Buxoro şahridagi zaxira aeroportga yönaltirilgan. FlightRadar24 ma’lumotlariga köra, 11 sentabr kuni soat 7:40 da uçgan samolyot soat 9:00 da Buxoro aeroportiga qöngan.

Uzbekistan Airways matbuot xizmati ham holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aviakompaniya 11 sentabr kuni Toşkent—Termiz yönalişi böyiça HY-065 reysi Termiz şahridagi ob-havo şaroiti (kuçli qum şamoli) tufayli öz yönalişini özgartirib, Buxoro xalqaro aeroportiga qönganini tasdiqladi.
Qayd etilişiça, hozirda 124 nafar yölovçi Buxoro xalqaro aeroportida bölib turibdi. Termiz şahrida ob-havo özgarişi bilan HY-065 aviaqatnovi belgilangan yönaliş böyiça amalga oşiriladi.
«Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.











