«Gazprom» yozning ikkinçi yarmidan boşlab «Şimoliy oqim» böylab gaz yetkazib berişni yanada kamaytirib bordi: 15 iyul kuni quvurlardan Yevropaga belgilanganidan 60 foiz kam gaz keta boşladi, keyinroq oqim yana 20 foizga kamaytirildi.

Avgust oyi oxirida quvurlar uruş vaqtida odatiy bahonaga aylangan «texnik körik» sabab işlamay qoldi. Sentyabr oyida gaz yetkazib berişni qayta tiklaşni va’da qilgan Rossiya «Partovaya» gaz qazib oliş kompressor stansiyasida ta’mirlaş «noma’lum muddatgaça çöziladigan» nosozlik qayd etilganini ma’lum qildi. Oqibatda Yevropada gaz narxi yana 30 foizga oşdi, Çexiya poytaxti Pragada energiya narxi oşişidan norozi bölgan 70 ming odam namoyişga çiqdi.

Energiya narxi çindan keskin oşib borayotgan bir vaqtda Yevropa davlatlari fuqarolarni qöllab-quvvatlaş uçun turli rejalar işlab çiqa boşladi.

Germaniya

Sentyabr oyi boşida Germaniya hukmron koalitsiyasi energiya narxi oşib ketgani tufayli odamlarga yordam puli beriş rejasi uçun 65 milliard yevro ajratişga erişdi. Bu inflatsiya va narxlar oşişi sabab odamlarga ajratilayotgan uçinçi yordam paketi hisoblanadi. Umumiy hisobda Germaniya hukumati bu yönalişga 95 milliard yevro pul sarfladi.

E’lon qilingan yordam paketiga köra 2022 yil 1 dekabrdan boşlab nafaqadagi insonlar 300 yevro, talabalar esa 200 yevro miqdorida bir martalik yordam puli oladi. Şuningdek, barça işlayotgan fuqarolarning maoşlariga 300 yevro miqdorida ustama qöşib beriladi. Şuningdek, Germaniyada uy-joy uçun ustama puli oladigan odamlar soni 2 million nafargaça yetkazildi. Ular isitiş tizimiga tölaş uçun qöşimça 415 yevro bir martalik yordam oladi.

Germaniya hukumati fuqarolarini transport uçun arzon çiptalar bilan ta’minlaş maqsadida qöşimça 1,5 milliard dollar ajratadi. Butun yoz davomida esa Germaniyada bir oyga 9 yevro tölab istalgança poyezdda harakatlaniş mumkin qilib qöyildi.

Mamlakatda energiyani nisbatan köproq işlatadigan 9 mingta korxona foydalanişi mumkin bölgan soliq imtiyozlari qabul qilingan. 2023 yildan boşlab Germaniyada birinçi va ikkinçi farzand uçun beriladigan bola pulining bir oylik miqdori 18 yevroga oşiriladigan böldi. Şuningdek, Germaniyada energiya iste’moli uçun hayotiy zarur minimal miqdor ham belgilanadi. Xonadonlar şu miqdordagi energiya uçun arzonlaştirilgan tarifda pul tölaydi.

Hukumat mamlakatdagi energiya kompaniyalarini juda katta daromad uçun soliqqa tortiş masalasini ham muhokama qilmoqda. Bunday soliqdan tuşgan pullar esa gaz, neft va kömir narxi xaridorlarga maksimal arzon narxda borişi uçun işlatiladi.