Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida (ITSV) International Development Ireland (IDI)  konsalting kompaniyasi kömagida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Hurram Teşaboyev hamda Kingspan Insulated Panels kompaniyasi Yaqin Şarq, Afrika, Turkiya va Markaziy Osiyo böyiça boşqaruvçi direktori Jim Lokran örtasida uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda mintaqa quriliş materiallari bozori va quriliş materiallari işlab çiqariş darajasini oşirişga qaratilgan investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etiş doirasida Özbekiston hukumati tomonidan uşbu bozorni rivojlantiriş qöllab-quvvatlanişi muhokama qilindi.

Tomonlar quriliş materiallari, energiya tejaydigan izolyatsiya panellari işlab çiqarişga sarmoya kiritiş va ularni keyinçalik respublika hududida sotiş masalasini körib çiqdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar quriliş materiallari sifatini oşirişga qaratilgan aniq natijalarga erişiş uçun muhokama qilingan barça sohalarda hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi. Kompaniya Özbekistonda mahsulotlarni mahalliylaştiriş va mamlakat yirik infratuzilmaviy loyihalarga innovatsion va energiya tejaydigan materiallarni yetkazib berişga tayyor.

Kingspan Group Plc energiya tejaydigan quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça dunyoda yetakçi kompaniya bölib, yillik daromadi 8 milliard dollarni taşkil etadi. U Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yaqin Şarq va Amerikada faoliyat yuritadi.