Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha bosh vaziri Berlinning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi
Polsha hukumati rahbari Mateush Moravetskiy Berlinning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi nizoda «qat’iyatsizligi»ni keskin tanqid qildi.
Foto: AP
Agarda Ukraina mudofaa masalasida Germaniyaga bog‘liq bo‘lganida, bu mamlakat bugunga kelib yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi, dedi u Der Spiegel nashriga bergan intervyusida.
Polsha bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning siyosati Yevropaga ulkan zarar keltirdi va Berlin bilan ittifoq qiymatini jiddiy shubha ostiga qo‘ymoqda.
Polsha har doim Ukrainaning qat’iy tarafdorlaridan biri bo‘lgan, ammo Germaniyaning pozitsiyasi Varshavaning «hafsalasini pir qilmoqda», dedi Moravetskiy.
«Berlin Rossiya energiyasiga qaramlik to‘g‘risidagi ogohlantirishlarni, xususan, Polsha uzoq vaqt qarshilik qilgan «Shimoliy oqim-1» va «Shimoliy oqim-2» quvurlarini inkor qilib keldi. Agarda Ukraina mudofaa masalasida Germaniyaga bog‘liq bo‘lganida, bu mamlakat bugunga kelib yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi»,- dedi u.
Moravetskiyning ta’kidlashicha, nemislar har doim Moskvaga yon bosib kelgan, Rossiyaga bo‘ysungan.
«Ammo biz Rossiya borasidagi barcha ogohlantirishlarimizda haq edik. Hozir bizni avvalgiga nisbatan ko‘proq eshitishyapti»,- dedi u.
Mavzuga oid
09:52
Zelenskiy: Ukraina pozitsiyasi ancha kuchaydi
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:26 / 07.05.2026