12 sentabr, duşanba kuni Praga şahar sudi Çexiya sobiq boş vaziri va mamlakat parlamenti quyi palatasi deputati Andrey Babişga nisbatan jinoyat işini körib çiqişni boşladi. Sobiq hukumat rahbari Yevropa ittifoqining ikki million yevrolik subsidiyalari bilan firibgarlikda gumon qilinmoqda.
Babiş Praga yaqinidagi «Laylak uyasi» mehmonxonasini quriş uçun dastlab kiçik va örta biznes uçun möljallangan Yevropa ittifoqi mablağlaridan foydalanganlikda ayblangan. 2006 yilda kelajakdagi mehmonxona uçun yer Babişga tegişli bölgan Agrofert xoldingi tomonidan sotib olindi. Ayblov tomoni u bu faktni yaşirgan deb hisoblaydi. Mehmonxona egalari Babişlar oilasiga mansub.
Tergov bir neça yillardan beri davom etmoqda. Joriy yil mart oyida Çexiya parlamentining quyi palatasi Praga prokuraturasi talabiga binoan Babişni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilgan edi. Prokuror sobiq boş vazirga 3 yil sinov muddati va 10 million kron (407 ming yevro) miqdorida jarima jazosi tayinlaşni söradi.
Babiş barça ayblovlarni rad etdi va sud jarayoni siyosiy ekanligini ta’kidladi. U jinoiy işni kelasi yili Çexiya respublikasida bölib ötadigan prezidentlik saylovlari bilan boğladi, unda u nomzod sifatida iştirok etişi kutilmoqda.
«Men özimni aybdor his qilmayman. Men aybsizman. Men siyosatda bölganim uçungina bu yerda turibman. Agar siyosatda bölmaganimda, heç kim «Laylak uyasi» haqida eşitmagan bölardi», - dedi Babiş sud majlisidagi kiriş sözida.
Babiş 2017 yildan 2021 yilgaça mamlakat boş vaziri lavozimida işlagan. Moliyaviy firibgarlik mojarosi tufayli iste’foga çiqqanidan söng, u özining markaziy siyosiy partiyasi NFH («Norozi fuqarolar harakati») bilan birgalikda hozirgi hukumatga qarşi çiqdi. Babiş 4 milliard dollarlik boyligi bilan Forbes jurnali talqiniga köra Çexiyaning eng boy fuqarolari orasida beşinçi örinni egallaydi.












