Xalq bankining ta’lim krediti Özbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvçi barça xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarida, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi, sirtqi va keçki ta’lim şaklida tölov-kontrakt asosida öqiydigan talabalarga ajratiladi.

Talaba xotin-qizlar uçun kredit foizsiz şartlarda ajratiladi!!! Şuningdek talabalarga öqiş davri va öqişni tugatganidan söng qöşimça 6 oy davomida (ya’ni talaba işga joylaşişi uçun vaqt berilgan) imtiyozli davr beriladi. Kredit böyiça asosiy qarz talabaning rasmiy öqiş muddati tugaganidan söng yettinçi oydan boşlab 7 yil davomida qaytariladi;
Kredit faqatgina yillik tölov kontrakt şartnoma summasi miqdorida ajratiladi. Ya’ni birdaniga 4 yillik kontrakt puli uçun tölov qiliş imkoniyati mavjud emas. Lekin uşbu kreditni har bir öquv yilida oliş mumkin. Masalan, 1-kursda ta’lim krediti olgan bölsangiz, 2-kursda ham olişingiz mumkin.
Kredit rasmiylaştiriş uçun:
1) pasport (yoki ID karta);
2) tölov-kontrakt şartnomasi;
3) uçinçi şaxs kafilligi talab etiladi.
Ta’lim krediti faqat talabaning nomiga rasmiylaştiriladi. Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (superkontrakt) va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boşqa tölovlarni amalga oşiriş uçun ta’lim krediti ajratilmaydi.
Kreditga ariza topşiriş uçun kerakli hujjatlarni töplab, Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilişingiz mumkin.
Aloqa markazi: 1106 / 71 210 2002
Telegram:Xalqbankinfo
Facebook: Xalq Banki
Instagram: xalqbankinfo










