Senat navbatdagi majlisida körib çiqilgan masalalardan biri “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun böldi.

Qonun bilan 2023 yil 1 yanvaridan pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqi maksimal miqdori pensiyani hisoblaş bazaviy miqdori 10 barobaridan 12 barobariga oşiriş nazarda tutilyapti.

Senatorlar qayd etişiça, kiritilayotgan özgartişga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boşlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qiliş uçun inobatga olinadigan örtaça oylik iş haqi pensiyani hisoblaş bazaviy miqdori 12 baravaridan ortiq bölmagan, ya’ni 3 888 000 söm miqdoridagi örtaça oylik iş haqidan hisobga oliş belgilanmoqda.

Natijada, 352 ming nafar fuqaro pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, örtaça oylik pensiya miqdori 400 ming sömgaça oşadi. Şulardan, 304 ming nafari yoşga doir pensiya oluvçilar, 25,2 ming nafari nogironligi bölgan şaxslar va 23 ming nafari boquvçisini yöqotgan şaxslardir.

Qonunga muvofiq közda tutilgan tadbirlarni amalga oşirişda Pensiya jamğarmasidan qöşimça ravişda 1,5 trillion sömdan ortiq miqdordagi mablağlar talab etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.