Prezident “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekşiruvlar ötkazişni muvofiqlaştiriş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Prezident farmoniga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekşiriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş va ularning oçiqligini ta’minlaş, davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekşiriş huquqiga ega mansabdor şaxslar elektron reyestrlarini yuritiş imkonini beruvçi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi işga tuşirilgan.
Belgilanişiça, nazorat qiluvçi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan boşlab:
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkaziladigan barça tekşiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida röyxatga olinadi. Bunda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida mazkur tizimda röyxatga olinmagan tekşiruvlarni ötkaziş noqonuniy hisoblanadi;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkazilgan tekşiruvlar natijalari hamda profilaktika tadbirlari töğrisida ma’lumot tekşiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boşlab uç kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
a) nazorat qiluvçi organlar:
- “xavfni tahlil etiş” tizimi natijalariga asosan ötkaziladigan tekşiruvlar boşlanişi haqida kamida 10 iş kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini xabardor qiladi;
- tadbirkorlik sub’yekti ilgari tekşirilgan faoliyat davridagi predmeti va obekti böyiça qayta tekşiruv ötkazişga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilişga haqli emas;
- tadbirkorlik sub’yektlari uçun profilaktika tadbirlarini tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil bilan kelişilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik sub’yektlari moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida çiqişlar, “oçiq eşiklar kuni” tadbirlarini taşkil etiş, tarqatma material va qöllanmalar bilan ta’minlaş, tavsiya va xabarlar yuboriş şakllarida amalga oşiradi;
b) tadbirkorlik sub’yektlari nazorat qiluvçi organlar mansabdor şaxslarini quyidagi hollarda tekşiruv ötkaziş uçun öz hududiga qöymaslik huquqiga ega:












