“Uzbekistan GTL” zavodida yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqariş, uning sifatini doimiy ravişda nazorat qiliş maqsadida, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligida “Işçi guruh” taşkil qilingan bölib, doimiy ravişda sintetik yoqilği mahsulotlari işlab çiqarilişi holatini örganiş, mahsulotlarni saqlaş, sotiş hamda yetkazib beriş jarayonlari örganib kelinmoqda.

Quvonarlisi esa Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolarining taşrifi davomida yana bir yangi turdagi mahsulot işlab çiqarilişiga start berildi. Nafaqat Özbekiston, balki jahon tarixida ilk bor, “Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos bölgan sintetik aviakerosin mahsuloti işlab çiqarilişi yölga qöyildi.

Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimyoviy va texnik parametrlari töliq talab darajasiga yetkazildi. Asosiy parametrlardan biri bölgan muzlaş harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°S) yetkaziş işlari yakunlandi.

Bugungi kunga qadar, “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan IATA, ASTM International, Def Stan xalqaro taşkilotlarining aviatsiya yoqilğisi uçun xomaşyo sifatida GTL kerosinidan sintetik komponent sifatida foydalanişga ruxsat etilgani töğrisida ijobiy xulosalar olingan.

GTL zavodida işlab çiqarilgan sintetik kerosinining birinçi partiyasi namunasi olinib, xalqaro aviasohani tartibga soluvçi taşkilot (IATA) tavsiyasiga köra, muvofiqlik sertifikatini oliş uçun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegişli xulosa oliş uçun yuborildi.

Boşqaruv raisi avvalo joriy yilning 15 iyun kuni “Uzbekistan GTL” zavodida Özbekiston tarixida birinçi sintetik neft, 2022 yil 29 iyun kuni Özbekiston neft-kimyo sanoati tarixida ilk bor sintetik dizel, keyinçalik “GTL” sintetik naftasi işlab çiqariş yölga qöyilganini ta’kidlab, mutaxassislarning yana bir izlanişi samara berganini hamda tabiiy gazdan sintez qiliş yöli bilan Jahon tarixida ilk bor sintetik aviakerosin işlab çiqarilganini rasman ma’lum qildi.

Bundan taşqari, Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” a’zolari tomonidan taşrif çoğida import örnini bosuvçi neft mahsulotlari va uglevodorod xomaşyolari işlab çiqarilişi, mahsulotni saqlaş, sotiş hamda yetkazib beriş jarayonlari örganildi.

Sintetik aviakerosin işlab çiqariş hajmini oşiriş, xalqaro standart (ASTM D-7566) hamda texnik talablarga rioya qilgan holda sintetik aviakerosin işlab çiqarilişini nazorat qiliş böyiça mas’ullarga topşiriqlar berildi.