Ukraina Boş prokuraturasi Xarkiv oblastining Rossiya okkupatsiyasidan ozod qilingan hududlarida rossiyalik öqituvçilar qölga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari Xarkiv oblastining bosib olingan hududlarida rossiyalik öqituvçilarni uşlamagan», — dedi qurolli töqnaşuv şaroitida sodir etilgan jinoyatlarga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği Igor Belousov «Nastoyaşçeye vremya» naşriga bergan intervyusida. 

Xarkiv, Donetsk va Lugansk oblastlari prokuraturasidagi «Nastoyaşçeye vremya» manbalari ham rus öqituvçilarini qölga olmaganini da’vo qilmoqda. 
 
Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Xarkiv oblasti hududlaridagi Ukraina maktablariga rus dasturi böyiça dars beriş uçun kelgan rossiyalik öqituvçilarning qölga olingani haqidagi xabar 12 sentabr kuni «Strana.ua» tomonidan tarqatildi. Unda Ukraina boş vaziri örinbosari Irina Vereşçukning hibsga olingani aytilayotgan öqituvçilar haqidagi izohi çop etilgan. 

Vereşçukning sözlariga köra, bu odamlar Ukrainaga qarşi jinoyat sodir etgan, buning uçun ular Jinoyat kodeksining 438-moddasi – «uruş qonunlari va odatlarini buziş» böyiça sud qilinadi. Uşbu moddada körsatilgan qilmişni sodir etganlik 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. 

Şundan söng Rossiya Ta’lim vazirligi Xarkiv oblastida rossiyalik öqituvçilar işlamaganini va «1 sentabrdan buyon u yerda mahalliy öqituvçilar işlab kelayotganini» ma’lum qildi. Xarkiv oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan okkupatsion ma’muriyati ham mintaqada rus öqituvçilari yöqligini ta’kidladi. Uning vakillari bu ikki fuqarolikka ega yoki «DXR» va «LXR» pasportlari egalari bölgan odamlar bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmadi. 

Keyinçalik, Rossiya Ta’lim vazirligi Ukrainadagi rus öqituvçilari Rossiya harbiylari hamda «LXR» va «DXR» harbiylari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda «himoya ostida» ekanligini tasdiqladi. Şu bilan birga, Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin 13 sentabr kuni ertalab öqituvçilarning qölga olinişi böyiça jinoiy iş qözğatişni topşirdi. Tergov qömitasining Telegram-kanalida bu öqituvçilar «Rossiya dasturlari böyiça öqitgan» deyilgan.

10 sentabr kuni «24 kanal» öqituvçilarning qölga olingani haqida manbalarga tayangan holda xabar berdi. Ta’kidlanişiça, rus harbiylari «bir kun avval Rossiyadan olib kelingan öqituvçilarni şunçaki taşlab ketişgan». Oliy rada deputati Oleksiy Gonçarenkoning yozişiça, Kupyanskda rus öqituvçilari uşlangan. Avvalroq Rossiya forumlarida rossiyalik öqituvçilarni Mariupol va Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Ukrainaning boşqa şaharlarida işlaşga taklif qiluvçi e’lonlar bir neça bor joylaştirilgan edi.