Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli harbiy bosqini 202-kunida, 13 sentabr, seşanba kuni rus qöşinlari qöşni davlatning bosib olingan aholi punktlarini nazorat ostida saqlaşga urinişlarini davom ettirdi. Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) va uning hududiy mudofaa bölinmalari agressiyaga qarşilik körsatmoqda. Mamlakat şarqi va janubida Ukraina bölinmalarining qarşi hujumi davom etmoqda. Urişayotgan tomonlar vakillarining bayonotlarini mustaqil manbalardan tekşirişning iloji yöq.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi ma’lumotlariga köra, Rossiya kuçlari hali ham Donetsk oblastini töliq qölga kiritişga urinmoqda va ukrainaliklarning ma’lum hududlardagi faol harakatlarini töxtatib, qarama-qarşilik çiziği böylab öq uzişni davom ettirmoqda. «Duşman xalqaro gumanitar huquq normalarini, uruş qonunlari va urf-odatlarini buzgan holda tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga zarba berişda davom etmoqda. Rossiyaning havo va raketa zarbalari, duşman YaÖRT tomonidan otilgan öqlar Bilogorivka, Mikolaivka, Verxnokamyanske, Vesela Dolina, Zaytseve, Yurivka, Nyu-York, Pervomayskoye, Kamenka, Vremivka, Stepove, Mali Şçerbaki, Suxiy Stavok, Kostromka, Bila Krinitsya va Mirne aholi punktlari hududlaridagi infratuzilmaga zarar yetkazdi», — deyiladi Ukraina Boş ştabining keçki hisobotida.
Uning ma’lum qilişiça, ruslar Ukraina obektlariga 2 ta raketa, 8 ta aviatsiya zarbasi va 13 ta raketa artilleriya tizimlaridan hujum uyuştirgan. «Mudofaa kuçlari Zaytseve, Odradivka, Baxmut, Baxmutske, Vesela Dolina, Avdiivka, Bezimennoe va Novogrigorovka aholi punktlari hududlarida duşman hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi», — deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, Kiyev Rossiya harbiylari tomonidan talon-toroj qilişning yangi holatlari haqida xabar berdi. «Starobilsk -Lugansk magistralining Lugansk yönalişidagi qismida uç yuzga yaqin fuqarolik avtomobillari qayd etildi, ular asosan Xarkiv oblastining davlat raqamlariga ega. Talon-toroj qilingan mol-mulk ortilgan tirkamali transport vositalarining aksariyati rus harbiylari tomonidan boşqarilgan», - deyiladi xabarda. Boş ştab, şuningdek, Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda 53 mingdan ortiq odamini yöqotganini ma’lum qildi.
Öz navbatida, Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyarning aytişiça, qarşi hujum davomida Ukraina harbiylari Xarkiv oblastidagi rasman e’lon qilinganidan ikki barobar köp hududlarni ozod qilgan. U özining Telegram-kanalida 14 sentabr kuni yangilangan ma’lumotlarni taqdim etişga va’da berdi.
Ayni paytda, Ukraina Qurolli kuçlarining Xerson oblastidagi qarşi hujumi Xarkivga qaraganda sekinroq davom etmoqda, dedi Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Britaniyaning Financial Times gazetasiga. Uning tuşuntirişiça, bu - ruslar mudofaa xandaqlari sifatida foydalanayotgan köplab suğoriş kanallariga ega qişloq xöjaligi hududi. Reznikovning sözlariga köra, Xarkiv oblastidagi qarşi hujum «qor uyumi»ga öxşardi va «kutilganidan ham yaxşi» ötdi.













