Volodimir Zelenskiy 14 sentabr kuni Xarkiv oblastining şu kunlarda ukrain qöşinlari tomonidan ozod etilgan Izyum şahriga keldi. Ukraina prezidenti rasmiy telegram-kanalida Izyumda olingan suratlar joylaştirildi.
«Odatda biz osmonga qaraganimizda, doim musaffolikni qidiramiz. Bugun esa yuqoriga qarab faqat bir narsani — Ukraina bayroğini qidiramiz. Bizning kök-sariq rangli bayroğimiz bosqindan ozod etilgan Izyumda ham hilpiray boşladi. Ukrainaning har bir şahar va qişloğida şunday böladi. Faqat bir yönalişda harakatlanamiz — oldinga va ğalaba sari», — deya suratlarga izoh qoldirgan Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Qrim va bosib olingan boşqa hududlar ham Ukraina tarkibiga qaytişiga işonç bildirdi.
«Biz işğol qilingan hududlardagi, Qrimdagi odamlarga xabar yuborişimiz kerak. Ular bizning odamlarimiz. Bu fojia – sakkiz yil oldingi okkupatsiya. Albatta, bu vaqt köplarni, ayniqsa bolalarni özgartirgan. Uruş faqat qurol bilan olib borilmaydi. Axborot uruşi bilan ham odamlarga hujum qilinadi. Rossiya televideniye bilan, boşqa media vositalari bilan hujum qilmoqda.
Mening nomam şundayki – biz qaytamiz. Ular bu sakkiz yil mobaynida taşviqot televideniyesidan nimalarni eşitişgani ahamiyatga ega emas. Biz bilamizki, haqiqat biz tomonda», degan Zelenskiy jurnalistlarga murojaat qilib.
U hozirça bu qaçon röy berişini aniq ayta olmasligi, çunki buni hozir heç kim bilmasligini qayd etgan. «Ammo biz boramiz, çunki bu bizning yerimiz va bizning xalqimiz», deya yakunlagan u.


Izyum Rossiya qöşinlari tomonidan aprel oyi boşida egallab olingandi. Ukraina qurolli kuçlari sentabr oyi boşida Xarkiv oblastida boşlangan yirik qarşi hujum davomida uşbu şaharni ozod etdi. Izyum rasmiylariga köra, şahar uçun janglar va istilo vaqtida tinç aholi vakillaridan kamida ming kişi halok bölgan, bundan taşqari öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmagani tufayli ham köplab odamlar jon bergan.















