Avvalroq «Tolibon» harakati matbuot kotibi örinbosari Bilol Karimiy TOLOnews’ga bergan intervyusida afğon vakillari hozirça Samarqanddagi ŞHT sammitiga taklif etilmaganini ma’lum qilgandi.

Uning sözlariga köra, harakat şunga qaramay afğonlarga foyda keltiradigan har qanday tadbirlarni olqişlaydi va ŞHT bilan yaxşi munosabatlari ijobiy natija berişiga umid qiladi. 

Keyinroq ma’lum bölişiça, Afğoniston ŞHTning Samarqanddagi sammitida taşkilot bu davlat bilan vaqtinça rasmiy aloqalarda emasligi tufayli iştirok etmaydi. Bu haqda ŞHTning Özbekistondan milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bergan RIA «Novosti». 

«Samarqanddagi sammitda Afğoniston vakili bölmaydi. Şanhay hamkorlik taşkiloti bu davlat bilan vaqtinça aloqada emas», — dedi Nurimbetov brifing çoğida. 

Uning tuşuntirişiça, ŞHT xalqaro taşkilot sifatida 2021 yil avgustida faoliyatini töxtatgan Afğonistonning sobiq hukumati bilan rasmiy aloqalarni saqlab kelgan.

Avvalroq Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan mavjud vaziyat tufayli Samarqanddagi ŞHT sammitida iştirok etmasligi xabar qilingandi.

ŞHT sammiti 15-16 sentabr kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan. Hozirda taşkilotga Özbekiston, Rossiya, Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston va Tojikiston kiradi. Kuzatuvçi davlatlar – Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston, hamkor davlatlar – Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka.