16:45 / 15.09.2022
4481

Andijonda 3-4 balli yer silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 16:24 da yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Episentr: Andijon viloyati, Izboskan tumani. Yer silkinishi koordinatalari: 40,92 gradus shimoliy kenglik; 72,34 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 265 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Andijon viloyatida 3-4 ball, 16 km.

Top