Ukrainadagi uruşning 203-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ozod etilgan Izyumga keldi va Qrim va istilo ostidagi boşqa hududlar ham Ukraina tarkibiga qaytarilişini ma’lum qildi.
  • Ukraina vitse-premeri Olga Stefanişina sönggi kunlarda Rossiya Kiyevga tinçlik muzokaralariga qaytişni taklif qilişga urinayotganini aytdi.
  • Reuters agentligiga köra, Kremlning Ukraina masalalari böyiça kuratori Dmitriy Kozak uruşning ilk kunlarida Ukraina bilan NATOga kirişdan boş tortişi böyiça kelişgan, ammo Putin bunday kelişuvga rozi bölmagan va bosqinni davom ettirgan.
  • Rossiyalik harbiylar Ukrainada Eron dronlarini qöllaşni boşlagan: 13 sentabr kuni Kupyansk yaqinida şunday dronlardan biri urib tuşirilgan.
  • Rossiya armiyasi taşlab ketgan hududlar aholisiga Ukraina tomonidan gumanitar yordam yetkazib berilmoqda. Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyarga köra, Xarkiv oblastida şunday aholi manzillari soni 300 dan ortadi.

Le Monde ozod etilgan Izyumdan ilk tasvirlarni e’lon qildi — ularda halok bölgan rossiyalik askarlar, şuningdek asir tuşgan harbiyni köriş mumkin.

Izyumda rossiyalik asir tuşgan askar tankda ukrain askarlari bilan. Izyum — Xarkiv oblastida Ukraina qurolli kuçlarining muvaffaqiyatli qarşi hujumida ozod etilgan şaharlardan biri. Fotosuratlar 11 sentabrda olingan, ammo ilk bor 14 sentabr kuni Le Monde naşrida e’lon qilindi. 
Laurent Van der Stockt / Le Monde / Getty Images
Izyum yölida qolgan rossiyalik askar jasadi
Laurent Van der Stockt / Le Monde / Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Izyumda. «Bizning davlatimiz hududini vaqtinça bosib oliş mumkin. Ammo ukrain odamlarini egallab oliş imkonsiz. Miyalarni yuviş mumkin, ammo bu işni ukrainlar yuragi bilan qilib bölmaydi», —